“ArMI-2022” g‘oliblari pul mukofoti va muddatidan oldin harbiy unvonlar bilan taqdirlandi

“ArMI-2022” g‘oliblari pul mukofoti va muddatidan oldin harbiy unvonlar bilan taqdirlandi

“G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasining Amfiteatrida tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

G‘olib va sovrindor bo‘lgan harbiy xizmatchilari lavozim maoshlariga mos ravishda o‘n, olti va uch baravari miqdorida pul mukofoti hamda bir pag‘ona yuqori malaka toifalari bilan rag‘batlantirildi.

Shuningdek, armiya o‘yinlarida yuqori natijalarga erishgan bir guruh harbiy xizmatchilarga muddatidan oldin navbatdagi harbiy unvonlar topshirildi.

Mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov Xalqaro armiya o‘yinlarida dunyo armiyalarining eng kuchli jamoalari bilan o‘zaro kurash olib borgan O‘zbekiston bu yil har qachongidan yuqori natijalarini qayd etganini faxr bilan ta’kidlab o‘tdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!