AQSh neft “armadasi” Osiyo tomon yo‘l oldi

AQSh neft “armadasi” Osiyo tomon yo‘l oldi

Amerika neftini olib ketayotgan 20ga yaqin tankerlardan iborat armada Osiyo mamlakatlari, jumladan, Xitoy, Janubiy Koreya va Singapurga yo‘l olmoqda, deb xabar berdi “Bloomberg”.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, armada, asosan, 2 million barrelgacha neft tashiy oladigan supertankerlardan iborat bo‘lib, Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga yetkazib beriladigan neftning umumiy hajmi 26 million barreldan oshadi.

Ma’lum qilinishicha, Osiyo mamlakatlari orasida xomashyoga bo‘lgan talab koronavirus inqirozidan keyin ushbu mintaqa iqtisodiyotining tezroq tiklanishi bilan bog‘liq.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!