AQSh Isroil bilan ikki soat davomida konstruktiv muloqot o‘tkazgan

AQSh Isroil bilan ikki soat davomida konstruktiv muloqot o‘tkazgan

Strategik maslahat guruhining AQSh bilan uchrashuvi yakunlariga ko‘ra, Isroil tomoni G‘azo sektori janubidagi Rafahda harbiy operasiya o‘tkazishni rejalashtirayotganda Vashington xavotirlarini inobatga olishga kelishib oldi.

Bu haqda Oq uy bayonotida aytilgan.

RIA Novosti xabariga ko‘ra, tomonlar Rafah atrofidagi vaziyat yuzasidan ikki soat davomida konstruktiv muloqot o‘tkazgan va shaharda HAMAS ustidan g‘alaba qozonish zarurligi haqida kelishib olgan.

Amerika tomoni Rafahda harbiy amaliyotlar o‘tkazishning turli variantlari yuzasidan xavotir bildirdi.

Isroil, shuningdek, operasiya davomida AQShning jangovar imkoniyatlari haqidagi xavotirlarini inobatga olishga rozi bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!