AQSh harbiy byudjeti Rossiyanikidan 16 karra oshib ketdi

AQSh harbiy byudjeti Rossiyanikidan 16 karra oshib ketdi

AQSh 2020 yil uchun tasdiqlagan harbiy byudjet qariyb $750 milliardga yetdi. Bu barcha mamlakatlarning yillik harbiy xarajatlariga teng va Rossiya harbiy byudjetidan 16 karra ko‘pdir.

RF mudofaa vaziri Sergey Shoygu Vladimir Putin qatnashgan yig‘ilishda mamlakat harbiy byudjeti kattaligi bo‘yicha 2020 yilda 9-o‘ringa tushib ketishini aytgandi. Rossiya harbiy xarajatlari ayni paytda yiliga $46 mlrd.ga teng. 

AQSh umumiy byudjetida harbiy xarajatlar ulushi 2017 yilda 14,2 foiz, 2018 yilda 14,7 foiz, 2019 yilda 14,9 foizni tashkil etgan.

Harbiy xarajatlari eng yuqori mamlakatlar ro‘yxatidagi «kuchli beshlik» — AQSH, Xitoy, Saudiya Arabistoni, Hindiston va Fransiya bo‘lib, global harbiy xarajatlarning 60 foizi shularga to‘g‘ri keladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!