AQSH: «Butun Yaqin Sharq Isroildek bo‘lishi kerak»

AQSH: «Butun Yaqin Sharq Isroildek bo‘lishi kerak»

AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo Isroil butun Yaqin Sharq uchun namuna ekanini aytdi.

IslamToday nashrining xabar berishicha, M. Pompeo Amerika milliy xavfsizlik yahudiy instituti tomonidan Vashingtonda o‘tkazilgan tadbirda qatnashgan va AQSh Yaqin Sharqning Isroilga o‘xshashini istashini aytgan.

“Isroil demokratik va taraqqiy etayotgan davlat namunasidir”, – deb aytgan Davlat kotibi. 

Shuningdek, Mayk Pompeo Eron haqida to‘xtalib, uning rahbarlarini «korrupsiyalashgan, inson huquqlariga amal qilmaydigan va Yaqin Sharqning barcha burchaklarida terrorizmni moliyalashtiruvchilar» deb atagan.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!