AQSh administrasiyasi 50 ming xizmatchini majburiy ta’tildan chaqirib oldi

AQSh administrasiyasi 50 ming xizmatchini majburiy ta’tildan chaqirib oldi

Amerika prezidenti Donald Trampning administrasiyasi hukumat ishlarining vaqtincha to‘xtab qolishi munosabati bilan 50 mingga yaqin xizmatchilarni majburiy haq to‘lanmaydigan ta’tildan chaqirib oldi, deb xabar bermoqda Washington Post gazetasi.

Kutilganidek, soliq to‘lovlarini nazorat qilish, uchish jarayoni xavfsizligini kuzatish, mahsulotlar hamda dori vositalari xavfsizligini tekshirib ko‘rishga mas’ul bo‘lgan davlat xizmatchilari ishga qaytarib olindi. Nashrning ma’lum qilishicha, ular oylik maoshsiz ishlashlariga to‘g‘ri keladi. AQSh sudi seshanba kuni kasaba uyushmasining hukumatda shartli qisqartirish ishlari olib borilayotgan bir paytda aviaddispetcher va boshqa davlat xizmatchilarining oylik maoshlarini to‘lab berish talabini rad etgan edi.

22 dekabrda boshlangan qisqartirish ishlari natijasida 800 ga yaqin davlat xizmatchilari yoki oylik maoshsiz ishlatilmoqda (ularning faoliyati milliy xavfsizlik uchun muhim hisoblangan taqdirda), yoki haq to‘lanmaydigan majburiy ta’tilga jo‘natilmoqda. Mazkur qisqartirish ishlariga AQSh prezidenti Donald Tramp hamda demokratik partiya vakillarining xavfsizlik choralarini moliyalashtirish borasidagi turlicha qarashlari sabab bo‘lmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!