Angliyada eng katta dengiz dinozavrining qoldiqlari topildi

Angliyada eng katta dengiz dinozavrining qoldiqlari topildi

Angliyalik olimlar eng katta dengiz dinozavrini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Mazkur jonzotning uzunligi taxminan 25 metr bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Dengiz giganti mezozoy erasining trias va yura davrlari chegarasida taxminan 202 million yil oldin yashagan.

Hayvonlarning qoldiqlarini yig‘uvchi olimlar 2016 yilda Angliyaning Somerset shahridagi plyajda mazkur gigantga tegishli birinchi jag‘ qismi qoldiqlarini topgan.

Mutaxassislarning aytishicha, jag‘ qoldiqlari uzunligi 25 metrgacha bo‘lishi mumkin bo‘lgan yirik ixtiozavrlarga tegishli. Ixtiozavr global kataklizm natijasida yo‘q bo‘lib ketgan yura davri hayvonlarining ko‘plab boshqa turlari singari taqdirni boshdan kechirgan.

25 yil umrini ushbu ajoyib faoliyatga bag‘ishlagan erkak fanga ma’lum bo‘lgan ulkan ixtiozavrga tegishli birinchi jag‘ suyagini topgan. 2020 yilda ikkinchi toshga aylangan suyak birinchisidan atigi 10 km uzoqlikda topilgan.

Qidiruv davom ettirilgan, natijada 2022 yilda ikkinchi jag‘ning yana bir nechta bo‘laklari topilgan.

Ushbu kashfiyotlardan so‘ng yo‘q bo‘lib ketgan dengiz gigantining hajmini aniqroq baholash mumkin bo‘lgan. Olimlar uni “Ichthyotitan severnensis” deb nomlagan, bu ilmiy atama lotin tilidan tarjima qilganda taxminan “Yirik baliqqa o‘xshash Severna kaltakesagi” degan ma’noni anglatadi (Severn Britaniya orollaridagi eng uzun daryo bo‘lib, Somerset va Devon grafliklaridan oqib o‘tadi hamda Bristol ko‘rfaziga quyiladi).

Tez orada barcha topilgan qoldiqlar Bristol muzeyida namoyish etilishi rejalashtirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!