Andijonda fuqaro oilaviy kelishmovchiliklar sababli qaynakasini pichoqladi

Andijonda fuqaro oilaviy kelishmovchiliklar sababli qaynakasini pichoqladi

Joriy yilning 13 avgust kuni soat 20:30larda Asaka tumanida yashovchi 1983 yilda tug‘ilgan erkak fuqaro N.Sh yashash uyi oldida oilaviy kelishmovchiliklar sababli qaynakasi, 1982 yilda tug‘ilgan Asaka tumani fuqarosi I.M bilan janjallashib, qo‘lida bo‘lgan xo‘jalik pichog‘i bilan I.Mning bel sohasiga bir marotaba urib, o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Asaka tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 105-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi har bir sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlikning muqarrarligi to‘g‘risida ogohlantiradi.

Shuningdek, jinoyat sodir etilishi mumkinligini bilgan taqdiringizda, zudlik bilan ichki ishlar organlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Vaholanki Siz, o‘zingizning ushbu harakatingiz bilan jinoyat sodir etilishi va salbiy oqibatlar kelib chiqishini oldini olgan bo‘lasiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!