Andijonda 2018 yilda 10 marotaba uch egizaklar tug‘ilishi qayd etildi

Andijonda 2018 yilda 10 marotaba uch egizaklar tug‘ilishi qayd etildi

Andijon viloyat perinatal markazi mutasaddilarining ma’lum qilishicha, 2018 yil mobaynida markazda 1 ta to‘rt va10 ta uch egizaklar tug‘ilishi qayd etilgan. Bu haqda Daryo ga jurnalist Umidjon Mamarasulov xabar berdi.

Markaz chaqaloqlar bo‘limi katta hamshirasi Malikaxon Usmonovaning aytishicha, uch va to‘rt nafarli egizaklarning tug‘ilishi so‘nggi uch yilda ortgan. 2016 yilda uch egizaklar tug‘ilishi 3 tadan ortmagan bo‘lsa, 2017 yilda 1 ta to‘rt, 6 ta uch egizaklar tug‘ilishi kuzatilgan bo‘lib, tug‘ilish ikki barobarga ortgan. 2018 yilda esa bir marta to‘rttalik egizaklar dunyoga kelgan, uch egizaklar tug‘ilishi 10 taga yetgan.

Foto: Daryo

Birinchi uch egizak 14 iyunda Buloqboshi tumani, Shirmonbuloq shaharchasi, Hayotbaxsh mahallasida yashovchi Xidirovlar oilasida tug‘ilgan bo‘lsa, oxirgi o‘ninchi egizaklar 27 noyabrda Asaka tumani, Qovoqto‘pi qishlog‘ilik Zokirovlar xonadonida dunyoga kelgan.

Uch egizakli chaqaloqlarning uchtasi Shahrixon tumanida tug‘ilgan.

Ma’lumot uchun, viloyatda tug‘ilgan egizaklarning 27 tasi o‘g‘il, 7 tasi qiz jinsiga mansub.

Daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!