Ana xolos! To‘yi kuni kelinga o‘q uzishdi, ammo...

Ana xolos! To‘yi kuni kelinga o‘q uzishdi, ammo...

An’anaviy hind nikohi paytida mehmonlardan biri kelinning oyog‘iga o‘q uzdi. Ammo shunga qaramasdan, tantana davom etdi. Hodisa Hindistonning poytaxti Yangi Dehli shahrida sodir bo‘ldi, deya xabar beradi NDTV nashri.

Ma’lum qilinishicha, kelinga o‘q kuyov bilan olov atrofida 7 marotaba aylanishi kerak bo‘lgan paytda otilgan. Qarindoshlari zudlik bilan kelinni kasalxonaga olib borishgan. Birinchi yordam ko‘rsatilganidan so‘ng to‘y yana davom etgan.

Qizning aytishicha, bu ishni kim qilishi mumkinligini hattoki tasavvur ham qilolmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!