Ana xolos! Ayollarga ish vaqtida ko‘zoynak taqish taqiqlanmoqda

Ana xolos! Ayollarga ish vaqtida ko‘zoynak taqish taqiqlanmoqda

Tvitterning yaponiyalik foydalanuvchilari ish joyida ko‘zoynak taqiqlanganiga o‘z munosabatlarini bildirishdi, deb xabar beradi Forbes.ru. Ish beruvchilar ko‘rish qobiliyatiga past bo‘lgan xodimlardan Yaponiya jamiyatidagi go‘zallik me’yorlariga amal qilgan holda kontakt linzalarini taqishni talab qilmoqdalar.Bu haqda "sof.uz" yozmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekchaga “Ko‘zoynaklarni taqiqlash” deb tarjima qilinishi mumkin bo‘lgan heshteg Nippon telekanalida ish vaqtida ko‘zoynak o‘rniga kontakt linza taqish talab qilinadigan kompaniya haqida lavha berilganidan keyin ommalashdi.

Ayrim yapon ayollari heshtegdan tashqari Tvitterda ko‘zoynaklarining yoki ko‘zoynak taqqan fotosuratlarini e’lon qila boshladilar. Bloomberg xabariga ko‘ra, taqiqni qoralovchi tvitlardan biri 25 mingga yaqin rettet yig‘di.

Nippon kanali lavhasida ish beruvchilar ayollarga ishxonada ko‘zoynak taqishni taqiqlashlarini turlicha tushuntirib berishgan. Masalan, aviakompaniya xavfsizlik yuzasidan shunday qilgan, kosmetika kompaniyasi esa ko‘zoynak tufayli mijozlarga kompaniya vakilining bo‘yanishini ko‘rish qiyin bo‘lganini aytdi. An’anaviy yapon taomlari restoranlari vakillari ko‘zoynaklar an’anaviy kiyim bilan yarashmasligi sabab shunday qilgan bo‘lsa, chakana sotuvchilar ko‘zoynakli xodim yoqimsiz bo‘lib tuyuladi, deb hisoblashadi.

2019 yil bahorida yaponiyalik ayollar allaqachon ish joyida bo‘yanish kiyish talabiga qarshi norozilik bildirishgan edi, deb yozadi Bloomberg. Yaponiya ish beruvchilarining ishlaydigan ayollar uchun poyafzalga bo‘lgan talabi yanada tanqid qilindi.

Yanvar oyida aktrisa, model va yozuvchi Yumi Ishikava kiyinish qoidalari (dress code) yaponiyalik ayollarning baland poshnali poyafzalda ofisga borishni talab qilganidan norozi edi. "Agar oyog‘im og‘riydigan bo‘lsa, nega men baland poshnali ishlashga borishim kerak", deb yozdi u. Aktrisaning tviti 65000 dan ortiq layk to‘plagan va deyarli 30000 marta retvit qilindi. Yumi Ishikava “kutsu” (tufli) va “kutsuu” (og‘riq) so‘zlari birlashmasidan #KuToo heshtegini yasadi.

Iyun oyida Ishikava Yaponiyada ayollarga ish vaqtida past poshnali oyoq kiyim kiyishni talab qilib Change.org da petisiyani tashkillashtirgan edi. To‘rt oy ichida petisiyada 31 mingdan ortiq imzo to‘plangan. Shu bilan birga, iyun oyida Yaponiyaning Sog‘liqni saqlash, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri Takumi Nemoto parlament qo‘mitalaridan birida bo‘lib o‘tgan eshittirishda kompaniyalar ish joylarida ayollarga baland poshnali kiyishni talab qiladigan kiyinish qoidalariga rioya qilishlari kerakligini aytdi. "Ishda baland poshnali oyoq kiyim kiyish zarur va o‘rinli", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Kyodo News.

Oktyabr oyida BBC nashri Yumi Ishikavani dunyoning 100 ta ta’sirga ega ayollari ro‘yxatiga kiritdi.

Bugungi kunda Ishikavaning fikriga ko‘ra, ko‘zoynaklardagi muammo baland poshnalilarniki bilan bir xil. "Agar ish joyida ko‘zoynak taqish ishdagi haqiqiy muammo bo‘lsa, unda barchaga - erkak va ayolga birday taqiqlanishi kerak", deydi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!