Amerikaning eng saxovatli milliarderlari reytingi tuzildi

Amerikaning eng saxovatli milliarderlari reytingi tuzildi

Forbes jurnali AQSh tarixidagi eng saxiy 25 milliarder homiy reytingini e’lon qildi. Nashr ularning umri davomida xayriya tadbirlariga sarflagan pullarini hisoblab chiqdi.

Ro‘yxatda birinchi o‘rinni Berkshire Hathaway kompaniyasi direktori Uorren Baffet egallab turibdi. 92 yoshli milliarder hayoti davomida xayriya ishlariga 51,5 milliard dollar sarflagan. Uning mablag‘lari asosan sog‘liqni saqlashni rivojlantirish va qashshoqlikka qarshi kurash uchun yo‘naltirilgan.

Eng saxiy milliarderlar beshligiga Baffetning The Giving Pledge xayriya loyihasidagi sheriklari ham kirgan. Jumladan, Microsoft kompaniyasi asoschisi va uning sobiq turmush o‘rtog‘i Bill Geyts va Melinda French Geyts (38,4 milliard dollar), moliyachi Jorj Soros (18,4 milliard dollar), Amazon asoschisi Jeff Bezosning sobiq turmush o‘rtog‘i Makkenzi Skott (14,43 milliard dollar) va Nyu-Yorkning sobiq meri Maykl Blumberg (14,4 milliard dollar).

Umuman olganda, reytingdagi milliarderlar xayriya ishlariga 196 milliard dollar sarflagan. Ularning umumiy boyligi 936 milliard dollarga baholangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!