Amerikada ishlab chiqilgan platformalarga ishonchim yo‘qoldi — Pavel Durov

Amerikada ishlab chiqilgan platformalarga ishonchim yo‘qoldi — Pavel Durov

“Bu kulgili tuyuladi, lekin men foydalanayotgan qurilmalar buzib kirilishi mumkin deb o‘ylayman. Siz baribir Iphone yoki Androiddan foydalanasiz. Amerikada boshimdan kechirganlarimdan so‘ng, men AQShda ishlab chiqilgan platformalar xavfsiz ekanligiga ishonmayman. Shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi nuqtai nazaridan”, - dedi Durov Taker Karlsonga bergan intervyusida.

Shuningdek u qanday qilib biznes yuritish uchun dunyodagi eng yaxshi joyni izlaganini ham aytib berdi.

“AQSh buning uchun to‘g‘ri kelmaydi. Chunki Los-Anjelesda meni (umirimda birinchi marta) tunab ketishdi, zo‘rg‘a qochib qoldim. Ikkinchidan, kelib ketgunimcha maxsus xizmatlar kuzatuvida bo‘ldim”, - dedi Durov.

Uing aytishiga ko‘ra, u Dubayda qolishga qaror qilgan. “Bu yerda biznes yuritish oson va qulay”, deb xulosa qildi telegram asoschisi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!