Ajabo! Sayyohlar Toj Mahalga borishdan cho‘chishyapti?!

Ajabo! Sayyohlar Toj Mahalga borishdan cho‘chishyapti?!

Sayyohlar Toj Mahalga belgilangan ekskursiyalarini ommaviy ravishda bekor qilishmoqda. Bunga sabab sifatida mamlakatda fuqarolik to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish kiritilganidan so‘ng kelib chiqqan tartibsizliklar ko‘rsatilmoqda, deb yozadi «Asia Times».

«2019 yilning dekabrida keluvchilar soni 60 foizga qisqardi. Bu hudud qanchalik xavfsizligini so‘rab bizga ko‘p qo‘ng‘iroqlar bo‘ladi. Biz xavfsizlikni ta’minlashni kafolatlaymiz, shunga qaramasdan, aksariyat sayyohlar bu yerdan uzoqroq yurishni ma’qul topmoqda», — dedi sayyohlik polisiyasi inspektori Dinesh Kumar.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi ikki haftada taxminan 200 ming kishi Toj Mahalga kelishni bekor qilgan yoki boshqa paytga qoldirgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!