Afg‘onistonda qonli fuqarolar urushi boshlanishi mumkin

Afg‘onistonda qonli fuqarolar urushi boshlanishi mumkin

AQSh harbiylari Afg‘onistondan olib chiqilgandan so‘ng, u yerda "qonli fuqarolar urushi" boshlanishi mumkin, dedi Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq rahbari va 2010-2011 yillarda Afg‘onistondagi xalqaro kuchlarga qo‘mondonlik qilgan iste’fodagi general Devid Petreus.

"Eng yomon vaziyat ssenariysi, biz qonli, shafqatsiz fuqarolar urushini ko‘rishimiz mumkin, xuddi 1990-yillardagi, "Tolibon" urushidagi kabi", - dedi Petreus The Times nashriga bergan intervyusida.

Uning fikricha, agar shunday bo‘ladigan bo‘lsa, ehtimol "Al-Qoida"ning qaytishini ko‘rish mumkin bo‘ladi. "Garchi men "Al-Qoida" yaqin kelajakda vatan va Yevropaga tahdid qila olmaydi deb o‘ylamayman. Va, albatta, bizning razvedka xizmatlarimiz va harbiylar buni kuzatib borishadi", - deydi u.

Petreus ta’kidlaganidek, agar toliblar nazoratni qo‘lga kiritsa, "Al-Qoida" uchun osonroq bo‘ladi. Uning fikricha, agar toliblar ustunlikka erishsa, "Pokiston va boshqa qo‘shni davlatlarga millionlab qochqinlar oqayotganini ko‘ramiz".

"Agar toliblar haqiqatan ham hokimiyatni o‘z qo‘liga olsalar, biz Afg‘oniston fuqarolari, ayniqsa, ayollarning erkinligi keskin kamayganini ko‘ramiz. Menimcha, bu dunyo ko‘rishni xohlamaydi", - deya qo‘shimcha qildi iste’fodagi general.

Uning fikricha, agar AQSh Afg‘onistondagi qo‘shinlarini olib ketsa, ular "Tolibon" bilan muzokaralarda kuchli pozisiyani egallaydi.

Qo‘shma Shtatlar va uning NATOdagi sheriklari 2021 yil may oyida kontingentini Afg‘onistondan olib chiqa boshladi. Dastlab operasiyani 2021 yil 11 sentyabrgacha yakunlash rejalashtirilgandi. Biroq, keyinchalik bu jarayon kutilganidan tezroq ketayotgani ma’lum bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!