Afg‘onistonda parlament saylovi bo‘lib o‘tmoqda

Afg‘onistonda parlament saylovi bo‘lib o‘tmoqda

Bugun Afg‘onistonda parlamentning quyi palatasiga saylov bo‘lib o‘tmoqda, deya xabar bermoqda xorijiy OAV.

Mazkur saylov 2016 yilda bo‘lib o‘tishi kerak edi, biroq xavfsizlik vajidan kechiktirishga to‘g‘ri keldi.

Deputatlar besh yil muddatga saylanadi. Parlamentning quyi palatasidagi 250 o‘rindan 68 tasi ayollarga ajratilgan. Bugungi saylovda 2558 nafar nomzod bellashmoqda.

Saylovda eng katta muammo xavfsizlikni ta’minlash bo‘lib turibdi, buning uchun huquq-tartibot organlarining 54 ming xodimi jalb etilgan. Ular mamlakat bo‘ylab besh mingta saylov uchastkasini qo‘riqlayapti. Hujum xavfi yuqori bo‘lgani uchun ikki mingta saylov uchastkasini yopishga qaror qilindi. 

Manba: azon. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!