Afg‘oniston hukumati toliblar bilan ishlashga tayyorligini bildirdi

Afg‘oniston hukumati toliblar bilan ishlashga tayyorligini bildirdi

Afg‘oniston TIV rahbari Moxammad Xanif Atmar mamlakat rasmiylari "Tolibon"* harakati bilan bitta shart asosida hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qildi - buni uchun harakat terrorchilikni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishi lozim.
""Biz "Tolibon" bilan ishlashga, ularni hukumatga qabul qilishga tayyormiz, ular bilan tinchlik o‘rnatishga va ular bilan hokimiyatni bo‘lishishga tayyormiz. Buning uchun shartlarimiz ham ko‘p emas, aslida bittagina - Afg‘oniston kelajagi mamlakat ichida afg‘on xalqining erkin irodasi, tashqi chegaralarida esa Afg‘oniston birorta boshqa davlatlar uchun xavf tug‘dirmasligi kerak va bizda bitta ham xorijiy terrorchi kuch bo‘lmasligi kerak... Bizning hukumat "Tolibon"*ni hukumatning bir qismi sifatida bitta shart asosida qabul qilishga tayyor - buning uchun ular terrorizmni qo‘llab -quvvatlashni to‘xtatish shart", - deb aytgan Atmar "Izvestiya" nashriga bergan intervyusida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!