Adliya vaziri yer bo‘yicha farmon nega jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilmaganini aytdi

Adliya vaziri yer bo‘yicha farmon nega jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilmaganini aytdi

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov chorshanba kungi anjumanda yer munosabatlarini tartibga solishni nazarda tutuvchi prezident farmoni nima uchun jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilmaganiga izoh berdi.

«Farmon jamoatchilik muhokamasiga, bevosita regulation.gov.uz saytiga qo‘yilmadi. Sababi biz aytgan guruh juda qattiq ishlarni olib bordi. Farmon e’lon qilinib, jamoatchilik muhokamasida tursa, noqonuniy jarayonlar birdan kuchayib ketishi ehtimoli bor edi. Shuning uchun, Bosh prokuratura nazorati ostida moratoriy e’lon qilinib, shu yo‘sinda farmon qabul qilindi... Har xil o‘yin bo‘lib ketmasligi, davlat miqyosida yerlar talon-toroj qilinmasligi uchun mana shunaqa yondoshuv qilindi», — dedi vazir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!