Abdulla Aripov: "Rahbarlar karantinga amal qilmayapti. Ular ishdan ketadi"

Abdulla Aripov: "Rahbarlar karantinga amal qilmayapti. Ular ishdan ketadi"

Karantinga amal qilmagan rahbarlar ishdan ketadi. Bu haqda Bosh vazir Abdulla Aripov Maxsus komissiya yig‘ilishida ma’lum qildi.

“Prezidentimiz boshidan bu masala bo‘yicha to‘g‘ri yo‘nalish berdilar. Hozirgi kunda vaksinasiya boshlangan har bir punktda eng kamida ikkitadan vaksinani taklif qilyapmiz. 

Bu yil pandemiya bilan kurashish uchun 3 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ ajratib berilgan.

Biroq, bu masalaga alohida e’tibor qaratishimiz lozim. Barqarorlikka erishilishi, mutaxassislarning tavsiyasi bilan to‘y va ma’rakada qatnashuvchilar sonini 100 kishigacha oshirdik. 

Hattoki, ba’zi rahbarlar ham 100 kishi mumkin ekan deb, to‘ylarni 200-300 kishilik qilib o‘tkazyapti. Davlat boshqaruv idoralarida rahbar lavozimlarida ishlayotganlarning o‘zi shuni qilyapti. Shunday ma’lumotlar ham yo‘q emas. kerak bo‘ladigan bo‘lsa, aynan shu deb lavozimidan ketadi. 

Kuni kecha prezidentimiz shu bo‘yicha juda qattiq e’tiroz bildirdilar. Bir-ikki rahbar karantin talablariga rioya qilmagani uchun ham ishdan ketadi. Kechirasizlar-ku, oldin to‘ylarni to‘xtatishgacha borgan bo‘lsak, hozir ham qilamiz shu ishni. Xalq salomatligi uchun qilinadi shu narsa”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!