68 ming so‘mlik jinoyat buxorolik erkaklarga qimmatga tushdi

68 ming so‘mlik jinoyat buxorolik erkaklarga qimmatga tushdi

Buxoro tumanilik S.Subhonov va Buxoro shahrida istiqomat qiluvchi G‘.G‘afurovlar jismonan sog‘lom, ammo ma’nan so‘qir kimsalar sirasiga kiradi. Ularning ikkalasi ham hayotning past-balandini anglagan, oq-qorani yaxshi taniydigan, biri qirqni qoralagan, ikkinchisi salkam oltmish yoshdan oshgan, ko‘rinishidan tuppa-tuzuk, oilali, ikki-uchtadan farzandli kishilar. Bu ikkala hamtovoqning maqsadlari bir xil. Ular jon koyitmay, tekin boylikka ega bo‘lish payida.

Bunday qo‘shtirnoq ichidagi ezgu niyat ni diliga jo aylagan ikki oshna o‘zaro til biriktirib, o‘lja izlashadi. Nihoyat ularning tiyrak nigohida Buxoro shahar T.Farog‘iy ko‘chasidagi katta yo‘l yoqasida joylashgan poliz ekinlari sotishga mo‘ljallangan, atrofi ochiq holatdagi savdo joyida katta hajmdagi qo‘zg‘almas muzlatkich turgani namoyon bo‘ladi. Ushbu muzlatgichning tashqi tomonida biri pasti va tepasida o‘rnatilgan BK rusumli kondisionerning motori va boshqa ehtiyot qismida o‘rnatilgan BK rusumli kondisionerning ulangan joyini sindirib olib, yarim holatdagi kondisioner va uning ehtiyot qismlarini o‘g‘irlashadi.

O‘lja ni T.Farog‘iy ko‘chasida joylashgan rangli metallar qabul qilish punktigacha tortib olib borishadi. U yerda ishlovchi A. ismli kishiga buyumni ko‘rsatib, sotmoqchi ekanliklarini aytishadi. A. uni qayerdan olganliklarini so‘raganda, unga: Qo‘shnimiz kondisioner ustasi, keraksizligi uchun chiqarib tashlagan ekan , degan vaj kshrsatiladi.

A. bu buyumni rangli metall sifatida 20 ming so‘mga sotib olishini, hozir puli bo‘lmaganligi sababli ertaga berishini bildiradi. Xullas, ertasi kun o‘g‘rilar kondisionerning qolgan qismini ham A.ga 48 ming so‘mga, jami 68 ming so‘mga pullashadi. Tekin daromadni esa o‘z ehtiyojlari uchun ishlatishadi hamda oshxonada ovqatlanib, aroqxo‘rlik qilishadi.

Nihoyat, ularning kirdikorlari bilan Buxoro shahar IIB shug‘ullanadi. O‘g‘rilar o‘margan matoh fuqaro F.YO.ga tegishli ekanligi malum bo‘ladi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudi sudlanuvchi S.Subxonov va G‘.G‘afurovlarni O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalariga asosan qonuniy jazoga hukm etdi.

B.J.Toshev, Jinoyat ishlari bo‘yicha

Buxoro shahar sudi sudyasi

Nizomjon Islomov, jurnalist


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!