6-13 oktyabr kunlari Toshkentda dzyudo bo‘yicha sovrin jamg‘armasi 1 mln yevro bo‘lgan jahon chempionati o‘tkaziladi

6-13 oktyabr kunlari Toshkentda dzyudo bo‘yicha sovrin jamg‘armasi 1 mln yevro bo‘lgan jahon chempionati o‘tkaziladi

O‘zbekiston ilk bor dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda. Bellashuvlar Toshkentdagi Humo Arena saroyida bo‘lib o‘tadi.

Umumiy mukofot jamg‘armasi 1 mln yevroni tashkil qiluvchi XXXV jahon chempionatida dunyoning 87 davlatidan jami 584 nafar dzyudochi 14 ta vazn toifasida medallar hamda Parij-2024 Olimpiadasining qimmatli reyting ochkolari uchun tatamiga chiqishadi.

Musobaqada ishtirok etuvchi barcha mamlakatlar terma jamoalari, xalqaro tashkilotlar delegasiyalari poytaxtimizga yetib kelishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!