+41. Toshkent shahrida aholi orasidan 9 kishi koronavirusga chalindi

+41. Toshkent shahrida aholi orasidan 9 kishi koronavirusga chalindi

2020 yil 28 may soat 16:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3437 (+41) nafarni tashkil etmoqda.  

Yangi kasallanish holatlarining 9 nafari Toshkent shahrida aholi orasidan aniqlangan. 32 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasidan aniqlangan bo‘lib, shundan 10 nafari Sankt-Peterburg shahridan, 3 nafari Novosibirsk shahridan, 1 nafari Istambul shahridan hamda 17 nafari  Qozog‘istondan yurtimizga kirib kelgan. Qolgan 1 nafari esa koronavirusga chalingan bemor bilan muloqotda bo‘lgan.

Ayni paytda yurtimizda 2685 (+17) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (78 foizi) butunlay sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 738 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!