2020 yilda fermerlar ixtiyorida qancha g‘alla qolishi ma’lum qilindi

2020 yilda fermerlar ixtiyorida qancha g‘alla qolishi ma’lum qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 14 fevral kuni paxtachilik klasterlari faoliyatini takomillashtirish hamda davlat ehtiyojlari uchun paxta va g‘alla yetishtirish tizimidan bosqichma-bosqich voz kechish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda paxtachilik klasterlari faoliyatini takomillashtirish, davlat ehtiyojlari uchun paxta va g‘alla yetishtirish tizimidan qadamma-qadam voz kechish masalalari ham yig‘ilishda batafsil muhokama qilindi.
Shuningdek, videoselektor yig‘ilishida g‘alla hosilini g‘amlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.
G‘allani davlat ehtiyoji uchun majburiy sotib olish tizimidan davlat zaxiralari tizimiga o‘tilmoqda va fermerlarga g‘allani erkin sotish huquqi berilmoqda. Bu masala oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq bo‘lganligi bois davlatga majburiy g‘alla sotish tizimi ikki bosqichda bekor qilinishi rejalashtirilgan.
Bu yil yetishtiriladigan g‘alla hosilidan davlat ehtiyojlari uchun sotiladigan hajmi kamaytiriladi. Ya’ni, mamlakatimiz bo‘yicha bu yil qo‘shimcha 1 million tonnadan ortiq g‘alla fermerlar ixtiyorida qoladi.
2021 yil hosilidan boshlab esa davlatga g‘alla sotish rejasi to‘liq bekor qilinib, mahsulotni bozor narxlarida sotib olish yo‘lga qo‘yiladi.
Er ajratish borasidagi muammolar ko‘rib chiqildi. Sug‘oriladigan maydonlar talon-torojiga chek qo‘yish, har bir qarich yerdan xalq manfaati yo‘lida samarali foydalanish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Shundan kelib chiqqan holda, joylardagi mutasaddilarning mas’uliyati va javobgarligini oshirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab berildi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!