2019 yil 1 iyuldan jamoat va yo‘lovchi tashuvchi transportlarga videoregistrator o‘rnatish majburiy bo‘ladi

2019 yil 1 iyuldan jamoat va yo‘lovchi tashuvchi transportlarga videoregistrator o‘rnatish majburiy bo‘ladi

Normativ-huquqiy hujjatlar portalida Hukumatning “Yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Hujjatga ko‘ra, 2019 yil 1 iyuldan mulkchilik shaklidan qat’i nazar jamoat transporti va yo‘lovchi tashuvchi transport vositalari uchun videoregistratorlar o‘rnatish bo‘yicha majburiy tartib joriy etiladi.

Huquqbuzarlik qayd etilgan videoyozuvlarni yuborgan fuqarolar huquqbuzardan undirilgan jarima hisobidan eng kam oylik ish haqining besh foizi miqdorida rag‘batlantiriladi.

Videoregistratorlar orqali yo‘l harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan videoyozuvlarni taqdim etgan fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari oshkor etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Manba: xs.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!