17 aprel: bugun tarixda qanday voqea-hodisalar bo‘lib o‘tgan?

17 aprel: bugun tarixda qanday voqea-hodisalar bo‘lib o‘tgan?

Bugun 17 aprel haftaning chorshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

🌎 Butunjahon gemofiliya kuni.
🌎 Xalqaro hayku she’riyati kuni.

🔹Amerikalik davlat arbobi, olim, Amerika asoschilaridan biri Benjamin Franklin olamdan o‘tdi (1790).
🔹19 yoshli Nevil Frensis Fitsjerald Chemberlen snuker o‘yinini o‘ylab topdi (1875).
🔹L.N.Tolstoy “Anna Karenina” romanini yozib tugatdi (1877).
🔹Metro-Goldwyn-Mayer kinostudiyasi tashkil etildi (1924).
🔹Injener Igor Sikorskiy birinchi vertolyot - amfibiyani ommaga ko‘rsatdi (1941).
🔹 “Apollon-13” kosmik kemasi ekipaji Yerga sog‘-salomat qaytib keldi (1970).
🔹Angliya qirolichasi Yelizaveta II Kanadaning yangi konstitusiyaviy qonunini tan olib, uni to‘liq mustaqil deb e’lon qildi (1982).
🔹Rossiyaga ikki rasmiy nom berildi – “Rossiya Federasiyasi” va “Rossiya” (1992).

🔸XV asrda ilmiy faoliyat ko‘rsatgan matematik va astranom, Mirzo Ulug‘bekning shogirdi Ali Qushchi (Mavlono Alouddin Ali ibn Muhammad Qushchi Samarqandiy) tavallud topgan kun (1403).
🔸Italiyalik astronom va ilohiyotchi, Oy xaritasini tuzuvchilaridan biri Jovanni Battista Risioli tavallud topgan kun (1598).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!