+149. Toshkent va Andijonda aholi orasida koronavirus aniqlandi

+149. Toshkent va Andijonda aholi orasida koronavirus aniqlandi

2020 yil 12 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 12855 (+149) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 45  nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 28 nafari Andijon  viloyatida ( shundan 11 nafari  koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 17 nafari esa aholi orasida)  76 nafari Toshkent shahrida aholi orasida  aniqlangan.

Bugun ayni paytga qadar yurtimizda 7723 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar ( 60 foiz) sog‘aydi.

Hozirda mamlakatimizda 5073  nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!