11 noyabr. Bugun qanday kunligini bilasizmi?

11 noyabr. Bugun qanday kunligini bilasizmi?

"Sarhad.uz" 11 noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar bilan bo‘lishdi.

11.11.1502 yil: Xristofor Kolumb Martinika orolini kashf qildi. 
11.11.1837 yil: Sankt-Peterburg va Sarskoye Selo (hozirgi Pushkin) shaharlari orasida Rossiyadagi birinchi yo‘lovchilarni tashishga ixtisoslashgan temiryo‘l ishga tushirildi. 
11.11.1889 yil: Vashington AQShning 42-shtatiga aylandi.  
11.11.1918 yil: Parchalanib ketgan Polsha hududlari 123 yillik tanaffusdan so‘ng birlashib, mamlakat yana mustaqil davlatga aylandi. 
11.11.1918 yil: Birinchi Jahon urushidagi barcha harbiy harakatlar to‘xtadi. 
11.11.1936 yil: Angliyada dunyoda birinchi bo‘lib televideniye orqali ob-havo ma’lumoti haqida xabar berish urfga kirdi. 
11.11.1937 yil: Yapon-Xitoy urushi avjiga chiqdi, yaponlar Xitoyning Shanxay shahrini egallashdi. 
11.11.1975 yil: Portugaliya mustamlakasi bo‘lgan, Afrika qit’asida joylashgan Angola davlati o‘z mustaqilligini e’lon qildi.
11.11.1983 yil: AQShning Kaliforniya shtatida yashovchi talaba Fred Koen birinchi kompyuter virusini yaratish bo‘yicha ilmiy ish yoqladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!