10 baravar ko‘p o‘lim va yangi to‘lqin: Shvesiyada karantindan voz kechilishi nimalarga olib keldi?

10 baravar ko‘p o‘lim va yangi to‘lqin: Shvesiyada karantindan voz kechilishi nimalarga olib keldi?

Shvesiya dunyoda koronavirus tarqalishiga qarshi hech qanday karantin choralarini joriy etmagan kam sonli mamlakatlardan biri, Yevropada esa yagona mamlakat bo‘ldi.

Dunyoning katta qismi uydan o‘tirgan, do‘konlar ishlamagan, odamlar ihotalangan bir vaqtda Stokholm va mamlakatning boshqa shaharlarida hayot xuddi avvalgidek davom etaverdi. U yerda savdo markazlari, qahvaxona, maktab va boshqa jamoat joylari o‘z faoliyatini to‘xtatmadi. Niqob taqish yoki boshqa himoya vositalari haqida hech qanday buyruq chiqarilmadi. Bari o‘z holiga tashlab qo‘yildi, qanday yo‘l tutishni fuqarolarning o‘zlari hal qilishdi. Bu esa jiddiy xavf keltirib chiqarardi.

Avvaliga kasallanganlar va koronavirusdan vafot etganlar ko‘rsatkichi keskin o‘smadi. Pandemiyani ihotalanishsiz ham yengish mumkindek tuyuldi. Biroq ikki hafta o‘tgach, ya’ni koronavirusning inkubasion davri tugagach, kasallanganlar soni keskin orta boshladi. Biroq hatto bu holatda ham hukumat vakillari tomonidan hech qanday karantin choralari joriy etilmadi. Kimdir uydan ishlashni boshladi, vaziyatni to‘g‘ri anglaganlar zaruratsiz ko‘chaga chiqmay qo‘yishdi, biroq hayot ko‘p jihatdan avvalgidek davom etaverdi.

Koronavirus Shvesiyada

Hozirda ahvol qanday? Shvesiyada har million kishiga 219 nafar bemor to‘g‘ri kelyapti. Ispaniyada epidemiyada avj olgan vaqtda bir million kishiga 185 nafar bemor to‘g‘ri kelardi. Hozirda amalga oshirilgan karantin choralari tufayli Ispaniyada virusni jilovlashga muvaffaq bo‘lindi, odamlar normal hayotga qayta boshlashgan.

Eng og‘ir vaziyat kuzatilgan, ikki millionga yaqin kishi koronavirus bilan kasallangan AQShda pandemiya avj olgan vaqtda bemorlar soni har million kishiga 118 nafarni tashkil qildi. AQShda har million kishidan 56 ming nafarida test o‘tkazildi. Shvesiyada esa bu ko‘rsatkich bor-yo‘g‘i 27 mingtani tashkil qildi. Tabiiyki, testlar qancha kam o‘tkazilsa, koronovirusga chalinganlar ham shuncha kam aniqlanadi.

Hozirda Yevropaning ko‘plab mamlakatlarida karantinni boshdan kechirib, kasallanganlar soni sur’ati pasaygani sababli do‘konlar va qahvaxonalar ochilayotgan, odamlar esa ishga chiqishayotgan bir vaqtda Shvesiyada barchasi endi boshlanmoqda. Ushbu mamlakatga yaqin joylashgan Finlyandiya, Norvegiya va Daniyada koronavirusdan o‘lim ko‘rsatkichi 7, hatto 10 marta kamroq. Chunki u yerda karantin choralari o‘z vaqtida kiritilgandi. Yana bir jihati, Shvesiya koronavirusdan sog‘ayganlar soni haqidagi ma’lumotlarni taqdim etmayapti.  

Karantin nima uchun kerak?

Shu kunlarda Shvesiyaning bosh epidemiologi hukumat karantin choralari qo‘llamaganini xato deya tan oldi. U agar vaqtni ortga qaytarish mumkin bo‘lganida mamlakat karantin choralarini kiritgan bo‘lishi haqida aytib o‘tdi.

Boshqacha qilib aytganda, Shvesiya o‘z aybini tan oldi, biroq juda kech. Qolgan Skandinaviya mamlakatlari pandemiyaning avj olish davridan o‘tib bo‘lishdi va barini o‘z joyiga qaytarishmoqda, qo‘shni mamlakatlar bilan turistik aloqalarni tiklashyapti.

Shvesiya esa aholisi 10 million kishini tashkil etuvchi mamlakatlar orasida o‘lim ko‘rsatkichi bo‘yicha yetakchilik qilyapti.

Mamlakat nima uchun bu yo‘ldan borishga qaror qildi? Ehtimol, ular jamoaviy immunitet hosil bo‘lishini ko‘zlashgandir? Bu nazariyaga ko‘ra, jamiyatning eng kuchsiz a’zolarini davolashadi, kuchliroqlari esa kasal bo‘lishadi va immunitetni shakllantirishadi. Aholining 70-80 foizida immunitet hosil bo‘ladi hamda epidemiya ancha osonroq o‘tadi. Biroq ko‘rib turibmizki, epidemiya osonroq o‘tmadi, aksincha kuchayib ketdi.

Keyinchalik vaziyat nazorat ostidan chiqib, kasallanganlar soni keskin ortishi xavfi mavjud. Bu esa mamlakat tibbiyot tizimi uni yenga olmasligiga olib keladi. Albatta, Yevropaning boshqa mamlakatlari yordamga kelishadi, biroq Shvesiyaning muammoga bunday yondashuvi uzoq vaqt yodda qoladi. Shuning uchun Finlyandiya, Norvegiya va Ispaniya kabi shaharlarni yopish osonroq bo‘lardi.

Mamlakatda hozirda ham qat’iy karantin choralari joriy etishi etilishi haqida ma’lumot berilmagan. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!