Zelenskiy harbiy safarbarlik to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Zelenskiy harbiy safarbarlik to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukrainaning ayrim qonun hujjatlariga harbiy xizmat, safarbarlik va harbiy ro‘yxatga olishning ayrim masalalari bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritish haqidagi qonunni imzoladi. Tegishli hujjat 16 aprel kuni Ukraina parlamenti saytida e’lon qilindi.

Qonunga ko‘ra, safarbarlik chog‘ida 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar o‘zlari bilan har doim harbiy ro‘yxatga olinganlik to‘g‘risidagi hujjatni olib yurishlari va uni hududiy qabul qilish markazi vakilining iltimosiga binoan taqdim etishlari shart.

Qonun e’lon qilinganidan keyin harbiy xizmatni o‘tashga majbur bo‘lgan barcha shaxslarga 60 kun ichida amaldagi yashash manzili, aloqa ma’lumotlari va boshqa harbiy ro‘yxatga olish ma’lumotlariga aniqlik kiritilishi shart.

Mobilizasiya to‘g‘risidagi qonun loyihasi Oliy Radaga ikki marta kiritilgan. Hukumat uni ilk bor parlamentga dekabr oyida yuborgan, biroq jamoatchilik noroziligidan keyin hujjat qayta ko‘rib chiqish uchun yuborilgan. Qonun loyihasining yangi tahriri Oliy Radaga yanvar oyi boshida kiritilgan, 7 fevralda esa birinchi o‘qishda ma’qullangan edi. Hujjatni yoqlab 450 nafar deputatdan 283 nafari ovoz bergan.

Mazkur qonun loyihasidan harbiy holat sharoitida 36 oy xizmat qilgan harbiy xizmatchilarni demobilizasiya qilish to‘g‘risidagi nizom armiya bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiyning talabi bilan olib tashlangan. AFP’ning qayd etishicha, bu frontdagi ko‘plab ukrainalik askarlarning noroziligiga sabab bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!