Zelenskiy: Bizda raketalar qolmagani uchun Tripolye issiqlik elektr stansiyasi yo‘q qilindi

Zelenskiy: Bizda raketalar qolmagani uchun Tripolye issiqlik elektr stansiyasi yo‘q qilindi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning aytishicha, rossiyaliklar Ukrainada raketalar qolmagani uchun Tripolye elektr stansiyasini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lgan. U bu haqda PBS telekanaliga bergan intervyusida aytgan.

“11 ta raketa uchayotgan edi. Biz birinchi 7 tasini yo‘q qildik, 4 tasini Tripolyeda yo‘q qildik. Nega? Chunki raketalarimiz qolmagandi. Tripolyeni himoya qilgan barcha raketalarimiz tugadi”, – dedi prezident.

Ukraina garchi NATOga a’zo davlat bo‘lmasa-da, prezident Isroilga Eron hujumini qaytarishda yordam bergan ittifoqchilarning yordami haqida fikr bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil Eronning bunday yirik hujumidan o‘zini himoya qila olmagan bo‘lardi.

“Ukrainada yetishmayotgan ko‘p narsalar qo‘llandi… Bu haqiqatan ham ittifoqchilar qog‘ozda emas, balki osmonda nima ekanligini namoyish etadi”, – dedi Zelenskiy.

Uning ta’kidlashicha, ittifoqchilar Ukrainani u yoki bu texnika bilan ta’minlaydi, biroq Ukraina osmonni o‘zi himoya qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!