Zelenskiy 4 yil oldingi qotillik haqida: "Bu Ukraina uchun sharmandalik"

Zelenskiy 4 yil oldingi qotillik haqida: "Bu Ukraina uchun sharmandalik"

Ukraina Prezidenti Vlodimir Zelenskiy huquq-tartibot idoralari jurnalist Pavel Sheremetning haqiqiy qotillari, tashkilotchilari va buyurtmachilarini topish uchun hamma narsani qilishlari kerakligini aytdi va bu jinoyatni "Ukraina uchun sharmandalik" deb atadi. Bu haqda u Facebook'dagi sahifasida yozgan.

"Bugun Pavel Sheremet o‘ldirilganiga to‘rt yil to‘ldi. Belorus, Rossiya va Ukrainada u demokratiya, inson huquqlari va erkinliklari uchun kurashgan. Avvalo, fuqaroning erkin fikrlash va so‘zlash huquqi uchun. Rasmiylarning vazifasi halol, oshkora va fuqarolar oldida javobgar bo‘lishdir", – deb yozdi Zelenskiy.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Sheremetning o‘ldirilishi barcha mustaqil ommaviy axborot vositalari va jurnalistlar uchun yo‘qotishdir.

Zelenskiyning ta’kidlashicha, ish butun Ukraina jamiyati tomonidan jiddiy nazorat ostida. Prezident ushbu jinoyatchilar va buyurtmachilarni dunyoga namoyish etish muhimligini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, Sheremet 2016 yilda Kiyevda avtomobil portlashi natijasida vafot etgan. Uch yildan so‘ng Donbassdagi harbiy harakatlar faxriylari va ko‘ngillilar qotillikda ayblandilar. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ular Ukrainadagi vaziyatni izdan chiqarishni xohlashgan. Jinoyat sodir etishda gumon qilinganlardan hech biri aybni tan olmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!