Yunusoboddagi uyning tomi yondi (foto)

Yunusoboddagi uyning tomi yondi (foto)

19 iyul kuni soat 13:28 da Yunusobod tumani, Iftixor 7-tor ko‘chasi, 5-uyning tom qismi 90 kvadrat metr maydonda yonib zararlangan.

Yong‘indan uyning 50 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. Yong‘in o‘chirish bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 13:31da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 13:38da qurshab olinib, soat 13:47da bartaraf etilgan.

Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.

Yong‘in elektr simlarining qisqa tutashuvi oqibatida sodir bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda.

Keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Voqea joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!