Yunusobodda yana 6 nafar sotuvchida koronavirus aniqlandi

Yunusobodda yana 6 nafar sotuvchida koronavirus aniqlandi

Koronavirus infeksiyasi qayd etilish holatining kechagi va bugungi ko‘rsatkichiga ko‘ra, hamon aholi orasida kasallikka chalingan fuqarolar qayd etilmoqda.

Avval xabar qilganimizdek, 10 iyun sanasida yurtimizda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan 103 nafar bemorning 27 nafari aholi orasida aniqlangan bo‘lsa, 11 iyun kuni esa koronavirus qayd etilgan 118 nafar bemordan 39 nafari aholi orasida tasdiqlandi. Ikki kunlik ma’lumot, ham umumiy kasallanish, ham aholi orasida koronavirusga chalinish holatlari dinamikasida o‘sish kuzatilayotganini ko‘rsatmoqda.

Toshkent shahri Chilonzor tumanida yashovchi fuqaroda (ishga kirish maqsadida tahlildan o‘tgan), Shayxontohur tumanidagi “Media park” savdo majmuasi yana bir sotuvchisida, Yunusobod dehqon bozorining yana 6 nafar sotuvchisida, Sergeli tumanida kasalligi tasdiqlangan taksi haydovchisining otasi va ukasida koronavirus aniqlangan.

Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!