Yulduz Usmonova 55 yoshni qanday qarshiladi? (video)

Yulduz Usmonova 55 yoshni qanday qarshiladi? (video)

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova bugun, 12 dekabr kuni 55 yoshni qarshi oldi.

O‘zbek shou-biznesi vakillari bir kun avval xonandaning uyiga yig‘ilib, uni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.

Ma’lumot uchun, Yulduz Usmonova 1963 yilning 12 dekabr kuni Marg‘ilon shahrida tavallud topgan. San’atkorning otasi O‘raimoxun Usmonov va onasi Rahimaxon Akbarova Marg‘ilon ipak kombinatida ishlagan va sakkiz nafar farzandni tarbiyalagan. Yulduz Usmonova oilada oltinchi farzand.

«Juda ko‘pchilik nima sababdan menga Yulduz deya ism qo‘yilganiga qiziqadi. Men tug‘ilgan paytimda ota-onam mahalliy FHDYo bo‘limiga borib, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani olishmoqchi bo‘lganida, ular bilan Ismoil akam ham birga borgan ekan. O‘shanda FHDYo bo‘limi xodimlari ota-onamdan menga qanday ism qo‘yganliklarini so‘rashganida akam ‘Kecha men osmonda judayam yorqin yulduzni ko‘rdim, kelinglar singlimga Yulduz deb ism qo‘yamiz’, deb turib olgan ekan. Shu tarzda menga taqdirimga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan ism qo‘yilgan ekan», — degan edi Yulduz Usmonova intervyulardan birida.

Yulduz Usmonova hozirda qizi Nilufar va uning besh nafar farzandi ardog‘ida umrguzaronlik qilmoqda.

Daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!