Yillab navbatda turish fuqarolarni bola sotib olishga majbur qilyaptimi?

Yillab navbatda turish fuqarolarni bola sotib olishga majbur qilyaptimi?

Senatning 20-yalpi majlisida Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-mayor Rustam Jo‘rayev bolalarni asrab olishda yuzaga kelayotgan muammolarga to‘xtalib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘rganishlar davrida bolani farzandlikka olish istagida bo‘lgan ota-onalar juda ko‘pligi ma’lum bo‘lgan.

«Jumladan, respublikada faoliyat yuritayotgan 13 ta Bolalar uylarida jami 504 nafar bola tarbiyalanayotgan bo‘lsa, ularni farzandlikka olish uchun hozirgi kunda navbatda 5792 nafar fuqaro turganligini ko‘rishimiz mumkin», — dedi u.

«Fuqarolarni yillar davomida farzandlikka oluvchilar ro‘yxatida navbatda turishlar, ular tomonidan qonuniy hujjatlar rasmiylashtirish jarayonini chetlab o‘tib, noqonuniy yo‘llar bilan bola sotib olish darajasiga olib bormoqda», — dedi Rustam Jo‘rayev


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!