Yaxshi aktyor bo‘lish uchun nima qilish kerak? Jahon kinosi yulduzlaridan foydali tavsiyalar

Yaxshi aktyor bo‘lish uchun nima qilish kerak? Jahon kinosi yulduzlaridan foydali tavsiyalar

Aktyorlar umri davomida yuzlab boshqa hayotlarni yashab o‘tadi. Ular ijodkorlik va yorqinlik, his-tuyg‘ularni o‘zgacha ifodalash, obrazni chuqur mulohaza qilgan holda unga o‘zlikni bag‘ishlash kabi jarayonlarni boshdan kechiradi. Aktyor bo‘lish osonmi? Buning uchun qanday tayyorgarlik ko‘rish lozim? Shu kabi savollarga Gollivud yulduzlari bugun javob berdi.

Anya Teylor-Joy

Shaxmat malikasi obrazini gavdalantirgan Anya Teylor-Joy biror ishni boshlashdan avval inson o‘z kuch va mahoratini aniq baholashi lozimligini ta’kidlaydi:

Agar minglab insonlar oldida sahnaga chiqishdan qo‘rqmasangiz, o‘zingizni noqulay his etmasangiz va hayajon bosmasa, demak, aktyorlik kasbi siz uchun yaratilgan.

Zendeya

O‘rgimchak odamning sevgilisi rolini o‘ynagan Zendeyaning aytishicha, inson faqat o‘zi yaxshi ko‘rgan mashg‘uloti bilan shug‘ullansagina baxtli bo‘la oladi:

Sizni xursand va baxtiyor qiladigan narsalarga e’tibor qarating, hayotingizdagi salbiy ishlarga yo‘q deya biling.

Robert Pattinson

Shou-biznes olamidagi eng mashhur vampir Robert Pattinson ham shu fikr tarafdori:

Balki tijoriy filmda suratga tushishim kerakdir, deb o‘ylagan paytlarim ham bo‘lgan. So‘ng bir inson menga juda dono gapni aytib qoldi: “Faqat o‘zi istagan ishni bajaradigan inson chinakamiga baxtlidir”. Shuning uchun endilikda shu iboraga amal qilib kelmoqdaman.

Endryu Garfild

“Yangi o‘rgimchak odam” filmi qahramoni, yosh aktyor Endryu Garfild fikricha, professional aktyorning asosiy jihati uning ekrandagi obrazdan reallikka tezda qayta olish mahoratidir.

To‘qima obraz va qahramonlarni ijro etishda ularning hayotini samimiyat bilan boshdan kechirish va film ijodkorlarini doimo hurmat qilish lozim.

Milli Bobbi Braun

Yosh aktrisa hech qachon o‘zlikni yo‘qotmaslikni va tanlagan kasbiga chin dildan mehr qo‘yishni maslahat beradi.

Kasbingizga bo‘lgan mehr samimiy bo‘lishi kelajakda muvaffaqiyat qozonishda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, aktyor o‘z individualligini yo‘qotmasligi lozim.

Elizabet Olsen

Marvel olamidagi ish faoliyatidan so‘ng aktrisa o‘zi uchun bir narsani angladi: kinokompaniya tanlashda adashmaslik va ishlarning barchasini puxta rejalashtirish muhim.

Bir vaqtning o‘zida ikkita filmda suratga tushishni tavsiya bermayman. Faqat bitta film roliga rozi bo‘ling va shunda qahramoningizni yoqtirib qolasiz va keyingi filmlarda uni qayta ijro etishni istaysiz.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!