Yaponiyalik qiz uni o‘marib ketgan yigitga turmushga chiqdi

Yaponiyalik qiz uni o‘marib ketgan yigitga turmushga chiqdi

Bu hayratlanarli voqea Yaponiyaning markazida sodir bo‘lgan, deya xabar berdi belnovosti.by .

Ma’lum bo‘lishicha, noma’lum shaxs dastlab qbzning telefonini o‘g‘irlab sotib yubormoqchi bo‘lgan. O‘g‘irlashga o‘g‘irlagan-u, keyin xayoliga boshqa bir fikr kelgan. Qizning ortidan yurib, telefonini qaytarib bergan va unga sevgi izhor qilgan. Polisiyaga esa qizning o‘zi telefonini tushirib qo‘yganligi aytgan.

Telefonini qaytarib bergan yigitdan minnatdor bo‘lgan qiz uni sevib qolgan. Bir necha oydan so‘ng esa yigit qizga bor haqiqatni aytib bergan. Qiz esa bundan karaxt ahvolga tushgan. Ammo yigitni tashlab ketmagan. Vaholanki, u homilador edi.

Yigitining qo‘lini so‘rashini kutib charchagan qiz oxir-oqibatda o‘zi Menga uylanasizmi? deya so‘ragan. Yigit esa bunga rozi bo‘lgan.

Qiz bularning barchasi haqida Tvitter da yozib qoldirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!