Yaponiya yangi ofatga tayyorlanyapti. 600 ga yaqin aviareys bekor qilindi

Yaponiya yangi ofatga tayyorlanyapti. 600 ga yaqin aviareys bekor qilindi

Shanba kunidagi 100 ta reysdan tashqari, mahalliy aviakompaniyalar ehtiyot chorasi sifatida mamlakatning janubi va janubi-g‘arbiy qismi bilan aloqador 484 ta reysni bekor qilishga majbur bo‘ldi. 

JR West temir yo‘l operatori o‘z navbatida 7 sentyabardan mamlakatning janubi va janubi-g‘arbida tez yurar poyezdlari harakatini to‘xtatishga qaror qildi. Shuningdek, noqulay ob-havo sabab janub va markaziy hududlar o‘rtasidagi poyezd qatnovlari soni ham qisqartirildi.

Ayni vaqtda “Xayshen” to‘fon Tinch okeani bo‘ylab harakatini davom ettirib, Yaponiyaning eng janubiy prefekturasi Okinavaga yaqinlashib kelyapti. Milliy meteorologiya boshqarmasi to‘fon o‘zi bilan rekord darajada yog‘in va kuchli shamol olib kelishi mumkinligini ma’lum qildi. To‘fon yakshanba kuni Yaponiya sohillariga yetib keladi.

Bosh vazir Sindzo Abe kecha, 4 sentyabr kuni Hukumatning favqulodda yig‘ilishini o‘tkazdi va aholini himoya qilish uchun barcha vositalarni ishga solishni buyurdi.

Ma’lumot uchun, Yaponiyaning janubiy qismi yaqindagina “Maysak” to‘fonidan talafot ko‘rgandi. Tabiiy ofat natijasida elektr toki ta’minotida uzilishlar bo‘lgan va 20 kishi jarohatlangandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!