Yangi O‘zbekiston inson qadri ulug‘, huquqlari qadr topgan, dunyoga ochiq mamlakatga aylanmoqda

Yangi O‘zbekiston inson qadri ulug‘, huquqlari qadr topgan, dunyoga ochiq mamlakatga aylanmoqda

Bundan besh yil muqaddam — 2016 yil 4 dekabr kuni xalqimiz o‘z xohish-irodasini ochiq-oshkora namoyon qilgan va ertangi taraqqiyotimiz, chiroyli turmushimiz, mamlakatimiz farovonligini ta’minlashga qodir, millatni, xalqni saodat sari yetaklay oladigan Prezidentini saylagan edi. O‘z-o‘zidan, shu kundan boshlab davlatimiz tarixida yangi bir bosqich boshlangandi.

Ko‘p millatli xalqimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida tinch va osuda hayot kechirishiga, O‘zbekiston hayotida olamshumul, keng ko‘lamli o‘zgarishlar amalga oshirilishiga ishondi va shunday ham bo‘ldi. O‘zbekiston o‘z taraqqiyotida yangi bosqichga qadam qo‘ydi. Xalqimizni ko‘p yillardan buyon o‘ylantirib, tashvishga solib kelayotgan muammolar qisqa fursatda hal etildi, xalqimizning xohish-istaklari, orzu-umidlari ro‘yobga chiqa boshladi.

Joriy yil 24 oktyabr kuni umume’tirof etilgan xalqaro standartlar hamda demokratik tamoyillar asosida bo‘lib o‘tgan Prezident saylovida xalqimiz yana bir karra saylash huquqidan samarali foydalandi va o‘z taqdiri, farzandlari kelajagi, oilalari farovonligi uchun siyosiy yetakchini, oqil rahbarni tanladi.

Bu beshta siyosiy partiyadan ko‘rsatilgan nomzodlar orasida yurtdoshlarimiz amaldagi Prezident Shavkat Mirziyoyevni haqiqiy kuchli yetakchi sifatida bilgani, so‘nggi besh yilda amalga oshirilgan islohotlardan, har bir sohada kuzatilayotgan ijobiy o‘zgarishlardan mamnunligi, davlatimiz rahbarining odilona va oqilona siyosatidan roziligidan dalolatdir.

Nega desangiz, keyingi besh yilda O‘zbekistonda erishilgan marralar haqida so‘z yuritsak, ularni sanab adog‘iga yetolmaymiz, yozishga esa qog‘ozimiz yetmaydi. Bu shiddatli islohotlar ulkan bunyodkorlik, obodonchilik ishlari, inson manfaatlari ulug‘langani va xalq bilan muloqotning yangi tizimi joriy etilgani bilan hayotda o‘zining yorqin ifodasini topdi.

Bugun yurtimiz qanday katta yutuq va marralarga erishganining tasdig‘ini anglash uchun oxirgi besh yilda qo‘lga kiritilgan natijalar, Vatanimizning bugungi salohiyati va o‘sish sur’atlarini o‘zida yaqqol ifoda etadigan ko‘rsatkichlarga e’tibor qaratish o‘rinlidir. Bu aholi daromadlarining izchil o‘sayotgani, odamlarning shaxsiy uy-joy va sifatli iste’mol tovarlari bilan ta’minlanayotgani, yashash uchun zarur infratuzilmaning kengayib borayotganida namoyon bo‘layotir. Buning isbotini odamlar hayotida, turmushida his qilayotgani va buni hozir har qadamda e’tirof etayotgani misolida ham ko‘rish mumkin.

Aytish joizki, shu davrda inson huquq-erkinliklari va manfaatlari oliy qadriyat sifatida belgilanib, amalda unga rioya etila boshlandi. Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faqat jazolovchi emas, balki huquq va manfaatlarimizning haqiqiy himoyachisiga aylandi. Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.

O‘ksik qalblardagi muzlar eridi

Xalq bilan muloqot hayotdagi muammolarni oydinlashtiradi. O‘tgan davrda O‘zbekistonda inson huquq va erkinliklari, qonun ustuvorligi, ochiqlik va oshkoralik, so‘z erkinligi, majburiy mehnatga chek qo‘yish va ochiq siyosat yuritish bo‘yicha erishilgan yutuqlarni bugun xalqaro hamjamiyat Prezident Shavkat Mirziyoyev nomi bilan bevosita bog‘liq ekanini alohida e’tirof etmoqda.

Har bir inson yaxshi yashashi, hayoti go‘zal mazmun kasb etishi — oliy qadriyat. Ular ertaga emas, bugun yaxshi yashashni istaydi. Davlatimiz rahbari prezidentlik faoliyatining ilk kunlaridayoq xalqimizga tinch va osuda hayot kechirishi uchun yaxshi sharoit yaratib berishni maqsad qildi va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar ana shu ezgu maqsad-muddaoga qaratildi.

Prezidentimiz qayerga bormasin, aholi bilan uchrashib, ularning xohishistaklari, qiziqishlari, duch kelayotgan muammolariga alohida e’tibor berdi, mahallama-mahalla yurib, odamlarning dardu tashvishini eshitdi. Shu orqali odamlar qalbiga yo‘l topildi. Qahraton qishdan so‘ng chiqqan oftob nurlari butun borliqqa jon bag‘ishlagani kabi o‘ksik qalblardagi muzlar eridi. Natijada odamlarning ruhiyatida katta o‘zgarish yuz berdi. Fuqarolarning ijtimoiy faolligi ortdi, siyosiy xabardorlik darajasi ko‘tarildi.

Shu davr mobaynida nafaqat odamlarning har lahza og‘ir tegirmon toshidek yelkasida yuk bo‘lib kelgan eng katta muammosiga yechim topildi, shu bilan birga, xalq hayotidan uzilib qolgan ayrim rahbarlar xalq ichida yurishga, fuqarolar bilan yuzma-yuz uchrashib, ularning dardu tashvishi bilan yashashga o‘rgandi. Bu tufayli aholining yashash sharoitlari tubdan yaxshilandi, turmush tarzi va darajasida sezilarli ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Eng muhimi, ularning kayfiyati, dunyoqarashi va hayotga munosabati o‘zgarib, ertangi kunga mustahkam ishonch paydo bo‘ldi.

Izchillik va qat’iyat bilan hayotga joriy etilgan Harakatlar strategiyasi doirasida yigirma besh yil davomida bo‘lmagan ishlar qilindi, desak ayni haqiqat. Davlatimiz rahbarining “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, degan xalqchil da’vatlari amaliy harakatga aylandi. Xalq bilan muloqotning mutlaqo yangi tizimi, yangi instituti yaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi, joylarda xalq qabulxonalari tashkil etilib, yurtdoshlarimiz o‘zining yillar davomida yig‘ilgan muammolariga yechim topa boshladi.

Yangi mexanizm yordamida o‘n minglab, yuz minglab odamlarning muammolari hal etildi. Hokimiyat va fuqarolar o‘rtasidagi muloqot umuman boshqacha ko‘rinish kasb etib, rahbar va amaldorlarni aholiga yaqinlashtirdi. Davlatimiz rahbarining qat’iy siyosiy irodasi bilan mamlakatimizda inson huquqlari va kafolatlari kuchaytirilib, majburiy mehnatga, shu jumladan, bolalar mehnatiga butunlay barham berildi.

Ilgari o‘qituvchilar, tibbiyot xodimlari va boshqa ijtimoiy soha vakillari bolalarni o‘qitish, bemorlarni davolash o‘rniga butun kuzni paxta dalasida o‘tkazgan bo‘lsa, keyingi yillarda yurtimizda ta’lim va tarbiya masalasi umummilliy harakatga aylandi.

O‘qituvchining mavqeini yuksaltirish, ustoz-muallimlarga munosib shart-sharoitlar yaratish maqsadida pedagog xodimlarning ish haqi bosqichma-bosqich oshirib borilmoqda. Yoshlarning iqtidori va salohiyatini to‘g‘ri yo‘naltirish, umumta’lim fanlarini o‘qitishning butunlay yangicha tizimi yaratildi.

Yana bir hayotiy misol. Bir vaqtlar bozorga borib, kiyim-kechak yoki oziqovqat xarid qilmoqchi bo‘lsak, sotuvchi “Aka, pulingiz naqdmi yoki plastik?”, deb so‘rardi. Agar plastik, desak, “Unda mahsulot ustiga 10 yoki 15 foiz qo‘shib berasiz”, derdi. Bu ham yetmaganidek, kartadagi pulimizni naqdlashtirishda ne-ne qiyinchiliklarga duch kelganmiz. Oylik maoshimiz tushdi, deguncha bozorga yoki biror-bir benzin quyish shoxobchasiga yugurardik. Maoshimizning 20, hattoki 30 foizini tadbirkorga berishga majbur bo‘lardik. Eng yomoni, plastik kartalardan to‘lov aksar joylarda qabul qilinmasdi, qo‘limizda pulimiz bo‘la turib, uni ishlata olmasdik. Bu faqat mening emas, millionlab odamlarning og‘riqli muammosi edi. Mamlakatimiz rahbarining siyosiy irodasi bilan bu muammolar bugun tarixga aylandi. Hozir yurtimizning qaysi hududiga bormang, fuqarolarimiz naqd pulni bemalol yigirma to‘rt soat davomida bankomatdan yechib olmoqda.

Prezidentimiz tashabbusi bilan ilgari tarixda bo‘lmagan sektorlar tizimi joriy qilinishi esa davlat organlarini aholi bilan yanada yaqinlashtirish, xalq bilan tizimli muloqotni yo‘lga qo‘yishda muhim omil bo‘lmoqda. Jamiyatda kambag‘allik va ishsizlikka barham berishni ko‘zda tutuvchi, aholining eng qiynalgan, sharoiti og‘ir qatlamini qamrab oluvchi “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” kabi daftarlar ham mazmun-mohiyatiga ko‘ra, juda sodda va shu bilan birga, samarali usul ekani allaqachon isbotlandi. Uning berayotgan ijobiy hosilalarini bugun fuqarolarimiz o‘z hayotida his etib turibdi.

E’tiborga molik tomoni, ishlash, pul topish uchun xorijga ketayotgan fuqarolarimizga munosabat butkul o‘zgardi. Ularning chet elda huquqlari poymol bo‘lishining oldini olish, ijtimoiy muhofazasini ta’minlash, tashkillashtirilgan migrasiyani yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mutlaqo yangi tizim yaratildi. Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya, Yaponiya va Birlashgan Arab Amirliklari bilan mehnat migrasiyasi borasida xalqaro shartnomalar imzolandi.

Albatta, bularning hammasi davlatimizning mehnat migrantlari masalasiga jiddiy e’tibor qaratayotganini ko‘rsatadi, O‘zbekiston fuqarolari qayerda yashashi va ishlashidan qat’i nazar, davlatimiz rahbarining e’tiborida va nazoratida ekani, Prezident ularning barchasini o‘z farzandidek ko‘rishidan dalolat beradi.

Adashib, yomon yo‘lga kirib qolgan vatandoshlarimizga dushman ko‘zi bilan qarash emas, aksincha, kechirimli bo‘lish, ularga insoniylikning eng yuksak namunasini ko‘rsatish davlatimiz rahbarining yana bir muhim islohotlaridan biri bo‘ldi. Mamlakatimiz tarixida ilk bor “Mehr” operasiyasi besh marotaba amalga oshirilib, Suriya, Iroq va Afg‘onistondan ko‘plab fuqarolarimiz, asosan, ayollar va bolalar Vatanimizga olib kelindi.

Bundan anglashiladiki, yangi O‘zbekiston inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlariga qat’iy sodiq qoladi. Zotan, davlatimiz rahbari shu yilning 6 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishishiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida kelgusi besh yilga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlar haqida to‘xtalib, xalqimiz talablarini inobatga olgan holda, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi ishlab chiqilgani va saylov jarayonida u o‘ziga xos umumxalq muhokamasidan o‘tkazilganini ta’kidladi.

Bu muhim konseptual hujjatda islohotlarimizning uzviyligi va davomiyligini ta’minlash maqsadida “Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari” degan tamoyil asosiy g‘oya va bosh mezon sifatida kun tartibiga qo‘yilgani esa O‘zbekistonning islohotlar yo‘lini qat’iyat bilan davom ettirishi va mantiqiy yakuniga yetkazishiga ishoradir.

Ko‘p yillik orzular ro‘yobi

Inson borki, o‘z uyi bo‘lishini orzu qiladi, buning uchun tinmay mehnat qiladi, intiladi. Buni uysizlik, ijarama-ijara, sarson bo‘lib yashash azobini boshidan kechirgan yaxshi biladi. Agar inson o‘z uyiga ega bo‘lsa, hayotda katta maqsadlar bilan yashaydi, oilasida tinchlik, ishida unum bo‘ladi. Vatanli bo‘lish baxti esa kishiga o‘zgacha ruhiyat baxsh etadi. Zero, uy-joy inson hayotining uzviy va ajralmas bir qismi bo‘lib, u jamiyatda erkin hayot kechirishning garovidir.

Shu bois, oxirgi yillarda aholining ijtimoiy himoyalanmagan va kam ta’minlangan toifalarini uy-joy bilan ta’minlashga qaratilgan salmoqli ishlar amalga oshirildi. Odamlarni eng ko‘p tashvishga solayotgan uy-joy masalasi davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilandi.

Qisqa vaqt ichida mamlakatimiz ulkan qurilish maydoniga aylandi. So‘nggi yillarda yurtimizda ipoteka dasturlari doirasida 140 mingdan ortiq xonadonli uy-joylar barpo etildi. Bu undan oldingi yillarga qaraganda 10 martadan ham ko‘p. Natijada uzoq yillar boshpanasiz bo‘lgan yuzlab, minglab oilalar shaxsiy uy-joylarga ega bo‘ldi.

Pandemiya tufayli ko‘plab davlatlarning “beli bukilib”, qator ijtimoiy dasturlardan voz kechishga majbur bo‘layotgan, ayniqsa, uy-joy qurilishi keskin qisqarayotgan bir paytda Prezidentimiz tomonidan O‘zbekistonda bunyodkorlik ishlari ko‘lami tobora kengayayotgani zamirida mamlakat taraqqiyoti va farovonligini oshirishga qaratilgan ko‘plab ezgu maqsadlar mujassamdir.

Yurtimizda har yili 300 mingga yaqin nikoh qayd etilmoqda. Bu kelgusi besh yilda aholi soni 38 millionga yetadi degani. Demak, uylar qurilishi ko‘lamini shunga muvofiq kengaytirib borish lozim bo‘ladi.

Prezidentimiz eng muhim vazifalardan biri sifatida uy-joy masalasini hal etish yuzasidan kelgusida hududlarda 1 milliondan ortiq aholi uchun barcha qulaylik va ijtimoiy infratuzilmaga ega bo‘lgan “Yangi O‘zbekiston” massivlari bunyod qilinishi, “Obod mahalla”, “Obod qishloq” dasturlari izchil davom ettirilishini bildirdi. Bu esa yillar davomida ijarama-ijara, sarson-sargardon yurgan ming-minglab insonlar qalbiga ishonch tuyg‘usini olib kirdi.

Uyi bor odamning o‘yi bo‘lmaydi, ko‘ngli to‘q bo‘ladi, kelajakka ishonch bilan qaraydi, katta maqsadlarni dilga tugib, bunyodkorlikka, yaratuvchanlikka intilib yashaydi. Boshqacha aytganda, uy-joy shunchaki boshpana emas, u insonning ko‘nglidagi ma’naviy qo‘rg‘on hamdir. Ushbu qo‘rg‘oni but insonlarning oilasi mustahkam bo‘ladi, ishiga baraka inadi.

Insonlar hayotini yorishtirgan
o‘zgarishlar

Ilgari viloyatdan kelib Toshkent shahridagi oliy o‘quv yurtlarida tahsil olgan yoshlar borki, o‘qishni tamomlagach poytaxtda qolishga harakat qilardi. Lekin propiska muammosi tufayli ularning ko‘pchiligi yana viloyatiga qaytishga majbur bo‘lardi.

“Tabib tabib emas, boshidan o‘tkazgan tabib” deganlaridek, bu muammoni men ham bir paytlar o‘z boshimdan o‘tkazganman. O‘qishni tamomlaganimdan so‘ng ish qidirib bir nechta tashkilotning eshigini qoqdim, qaysi bir idoraga bormay “oliy ma’lumotli ekansiz, sizdek yosh kadrlar bizga juda kerak. Lekin Toshkent shahrida doimiy yoki vaqtincha propiskangiz bormi? Hech bo‘lmaganda vaqtincha propiska qilib keling, shundan so‘ng sizni ishga qabul qilamiz”, deya javob berardi.

O‘sha kezlarda vaqtinchalik propiska qildirish ham juda azob edi. Unga hujjat yig‘gunga qadar ne-ne azoblarni boshimizdan kechirganmiz. Chunki vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish uchun ham bir necha turdagi hujjatlar talab etilardi. Buning azobini propiskaga mas’ul bo‘lgan idora oldida hujjat qo‘ltiqlab uzundan-uzoq navbatda turganlar, kunlab-oylab bu sargardonlikdan boshi chiqmaganlar yaxshi biladi. Shu sababli ushbu muammo ko‘p yillardan buyon fuqarolarimiz va jamoatchilikning haqli noroziligiga sabab bo‘lib kelayotgandi. Aholining eng og‘riqli muammolaridan biri edi, bu masala.

Prezidentimizning siyosiy irodasi va chinakam xalqparvarliklari tufayli endi u kunlar ortda qoldi. Propiska tizimi islohotlari bilan aholini doimiy ro‘yxatga olish tartib-taomillari liberallashtirildi. Muammolarning birin-ketin hal etilishi tom ma’noda, xalqimiz hayotini yorishtirdi, ta’bir joiz bo‘lsa, farovon qildi, qalblarga iliqlik baxsh etdi.

Islohotlar natijasi chekka
hududlarda bo‘y ko‘rsatmoqda

Iqtisodiy rivojlanish, avvalo, qishloq joylarni rivojlantirishdan, qishloq odamlari hayot darajasini oshirishdan boshlanishi yaxshi ma’lum. Shu bois, Prezidentimiz tashabbusi bilan aholining yashash sharoitini yanada yaxshilash bo‘yicha aniq, maqsadli tizim yaratildi.

Xalqimizni hayotdan rozi qilishning, yurtimiz yangi qiyofasini yaratishning eng samarali mexanizmlaridan biriga aylanib ulgurgan “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlari doirasida mamlakatimizning ko‘plab qishloq, mahalla va ovullaridagi millionlab insonlar hayotida tub o‘zgarishlar amalga oshirildi.

Hududlarni kompleks rivojlantirish maqsadida ulardagi yo‘l-transport infratuzilmasi, uhandislik-kommunikasiya tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’ektlarida qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, uy-joylar ta’mirlandi, ichimlik suv va elektr energiyasi tarmoqlari yangilandi.

Bundan uch-to‘rt yil muqaddam Mo‘ynoq desa, tuz koniga aylangan olis tuman ko‘z oldimizda gavdalanar edi. Odamlar Mo‘ynoqda dengiz emas, balki cho‘l bor, deb aytishardi. Bugun bu yerdagi o‘zgarishlar insonlar qalbida hayotga, kelajakka katta umid uyg‘otmoqda. Sababi, keyingi yillarda Orol fojiasidan jabr ko‘rgan aholining yashash sharoitini yaxshilash bo‘yicha, ta’bir joiz bo‘lsa, odamlarning yetti uxlab tushiga ham kirmaydigan olamshumul o‘zgarish va yangilanishlar bo‘y ko‘rsatmoqda.

2017–2020 yillarda 5 million aholi yashaydigan 1 ming 200 ta mahalla va qishloq qiyofasi tubdan o‘zgargan bo‘lsa, joriy yilda bu dasturning ko‘lami bir necha bor kengayib, barcha tuman va shaharlardagi 8 mingga yaqin qishloq va mahallada 21 trillion so‘mlik qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlari asosida qurilayotgan, ta’mirlanayotgan guzar va qishloqlar, yangi madaniyat va istirohat bog‘lari ertangi kunimiz porloq ekanidan darak bermoqda.

Millatni jipslashtirgan yil

O‘tgan yili yurtdoshlarimiz uchun ham, jahon ahli uchun ham og‘ir keldi. Koronavirus balosi, u keltirgan ijtimoiy-iqtisodiy inqiroz yetmaganidek, bir hafta ichida Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida tabiiy-texnogen ofatlar ro‘y berdi. Kutilmaganda yuz bergan bunday talafotlar el-yurtimizni yana bir bor jiddiy sinovdan o‘tkazdi.

Aholi punktlari, ijtimoiy soha ob’ektlari, ekin maydonlariga katta zarar yetdi. Yuzlab odamlar uysiz va boshpanasiz qoldi. Taassufki, bu hodisalar basma-bas ro‘y berdi. Shunday og‘ir va murakkab sharoitda davlatimiz rahbarining shaxsan o‘zlari har ikki hududga zudlik bilan yetib borib, vaziyatni o‘z nazoratiga oldi. Zarar ko‘rgan aholi bilan uchrashib, ular bilan suhbatlashdi, tashvishlariga sherik bo‘ldi. Eng katta og‘irlikni o‘z yelkasiga olib, talafot oqibatlarini bartaraf etgan holda, hayotni tiklash ishlariga bosh-qosh bo‘ldi.

Qisqa fursatda Sardoba tumanining “Do‘stlik”, Mirzaobod tumanining “Haqiqat” hamda Oqoltin tumanining “Navbahor” mahallasida ko‘p qavatli uy-joylar barpo etildi. Ilgari bu joylardagi ko‘p uylarda tabiiy gaz bo‘lmagan bo‘lsa, endi gaz, suv, elektr energiyasi va boshqa kommunikasiyalar bilan to‘liq ta’minlangan. Yangi mavzeda mahalla guzari, do‘kon, kutubxona, bolalar maydonchalari barpo etilgan. Uylarga xizmat ko‘rsatuvchi servis kompaniyasi tashkil qilingan.

Pandemiya sabab ko‘plab davlatlarda odamlar ishsiz, oziq-ovqatsiz qolgan bir paytda, bizda minglab xorijdagi vatandoshlarimiz olib kelindi, ularga ish o‘rni yaratildi. Shunday og‘ir kunlarda davlatimiz, Prezidentimiz hech bir fuqaroni himoyasiz qoldirmadi, o‘z holiga tashlab qo‘ymadi. Hatto eng oddiy, ko‘pchilik e’tiborga olmaydigan jihatlar ham nazardan chetda qolmadi.

Tariximizda yangi davrning
boshlanishi

Albatta, o‘tgan tarixan qisqa davrda islohotlar tufayli erishgan natijalarimiz haqida uzoq gapirish mumkin. Chunki shu davrda O‘zbekistonda yuz bergan o‘zgarish va yangiliklarni nafaqat yurtdoshlarimiz, balki dunyo hamjamiyati va chet el ommaviy axborot vositalari qo‘llab-quvvatlamoqda.

Mamlakatimiz rahbari bu demokratik o‘zgarishlarni kimlargadir yoqish, maqtanish, turli reytinglarga kirish uchun emas, aksincha, xalqimizning bugungi hayoti va ertangi istiqbolini o‘ylab, milliy manfaatlarimiz yo‘lida amalga oshirmoqda.

Bugun yangi O‘zbekistonni demokratiya, inson huquq va erkinliklari borasida umume’tirof etilgan norma va prinsiplarga qat’iy amal qilgan holda, jahon hamjamiyati bilan do‘stona hamkorlik tamoyillari asosida rivojlanadigan, pirovard maqsadi xalqimiz uchun erkin, obod va farovon hayot yaratib berishdan iborat bo‘lgan davlat, deya baralla ayta olamiz. Bunga yetarlicha asoslar ham bor. Har bir muvaffaqiyat, har bir marra zamirida Prezidentimizning mashaqqatli mehnati, cheksiz zahmati va uzoqni ko‘zlab olib borgan dono siyosati mujassam.

Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekiston yana bir uyg‘onish davriga qadam qo‘ydi. Yangi besh yilda mamlakatimiz inson qadri ulug‘, huquqlari qadr topgan buyuk davlatga aylanishi muqarrar. Zotan, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Biz — dunyoga, dunyo — bizga ochiq bo‘lishi kerak. Bugungi hayot, bugungi taraqqiyotning talabi ham aslida shu. Biz ana shu hal qiluvchi tamoyilni albatta hayotimiz qoidasiga aylantiramiz”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Putinga Ukrainadan "qo‘ng‘iroq qilishdi"

Россия президенти Владимир Путинга Украинадан одамлар "яширин тарзда" қўнғироқ қилган.

Kanada AQShga zarba berdi

Канада Вашингтонга босимни кучайтирди...

"Ko‘rinmas" rus dronlari Ukraina artilleriyasini mazax qilmoqda

Украина артиллерияси учун янги таҳдид - Россия сигнал билан тўхтатиб бўлмайдиган дронларни ишга туширди!

Ikkilanmay zarba beramiz: AQSh Rossiyaga ochiq tahdid qildi!

Москвага огоҳлантириш. Россия учун оғир кунлар яқинми?

Xitoy Avstraliyani o‘rab oldi

Хитойнинг иккита кемасида 144 та вертикал учириш мосламаси (VLS) жойлаштирилган.

Rossiya AQShga rad javobini berdi: Urush tugamaydi!

Россия АҚШ таклифини қабул қилмади. Украина бўйича келишув имконияти қолмадими?

Rossiya Su-35’larni Xitoyga sotib xato qildimi? Xitoy Su-35’larni uchish uchun emas, nusxa olish uchun olgan!

Россия қирувчи самолётларининг Хитойга сотилиши хато деб баҳоланди.

Ukrainada tinchlik uchun uch shart e’lon qilindi

Украина тинчлик учун шарт қўйди – Европа ва АҚШ қандай жавоб беради?

Rossiya Xitoydan tinchlikparvar kuchlarni qabul qilishga rozi

Москва якуний тинчлик келишуви бўйича музокараларда муваффақиятга эришилса, Украинада вақтинчалик ўт очишни тўхтатишга тайёрлигини билдирди, деб хабар бермоқда Bloomberg манбалари.

Nursulton Ro‘ziboyev: "Mashrabjonning ahvolini ko‘rib, UFC tugul, umuman boshqa jang qilishini xohlamadim"

Ўзбекистонлик UFC жангчиси Нурсултон Рўзибоев укаси Машрабжоннинг Жаред Гордонга қарши бекор бўлган жанги ҳақида гапирди.

Suv ostida ko‘rilgan eng ulkan tirik mavjudot: U 34 metr uzunlikda va Napoleon davridan beri yashab kelmoqda

Океаннинг ўзидан пайдо бўлган маржон рифлари ернинг хазинаси ҳисобланади, чунки улар кўплаб денгиз жонзотларига бошпана беради ва...

Rossiyaliklar rekord sur’atda o‘lmoqda

2024-йил якунларига кўра, Россияда табиий йўқотиш – яъни вафот этганлар ва туғилганлар сони орасидаги фарқ 596,2 минг кишини ташкил этди.

Qurbon hayiti kuni qo‘y so‘yishni to‘xtatishga chaqirdi

Бу йил ёғингарчилик 30 йиллик ўртача кўрсаткичдан 53 фоизга кам бўлиб, натижада чорва учун яйлов етишмайди.

Ruslar Putinga qarshi chiqdi

"Россия Путинга қарши" юриши бошланди.

Rossiya qurilish maydonlarida O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston muhojirlarini o‘rnini egallaydigan millat paydo bo‘ldi

Мутахассиснинг таъкидлашича, сўнгги пайтларда ўзбекистонликлар учун Россия бозорининг жозибадорлиги пасайган, чунки уларнинг ўз ватанида иқтисодиёт ва қурилиш соҳаси жадал ривожланмоқда.

Chegara nizolari tugadi: SSSR merosi tarixga aylanmoqda!

Минтақада катта бурилиш. Советдан қолган низоларга нуқта қўйилди.

Favqulodda Xabar! Ukraina Qo‘shinlari Sudjani tark etdi

Украина қўшинлари Суджадан чекинди – бу нимани англатади?

"Oltin" mamlakatlar e’lon qilindi: O‘zbekiston, Xitoy va Qozog‘iston yetakchi

Олтинга талпинган давлатлар! Дунёнинг турли мамлакатлари марказий банклари уч йил кетма-кет захираларини тўлдириш учун 1000 тоннадан ортиқ олтин сотиб олмоқда.

Markaziy Osiyoning nodir yer boyliklari: AQSH, Yevropa va Xitoy haqiqiy kurashga kirishdi!

Қозоғистон, Ўзбекистон ва Тожикистон Ғарб билан Хитой ўртасида.

Diskotekada fojia: 50 dan ortiq qurbon!

Фожиали тун... Ёнғин сабаб 50 дан ортиқ одам ҳаётдан кўз юмди.

Toshkent viloyatida qizlarni shahvoniy maqsadda O‘zbekistondan olib chiqmoqchi bo‘lgan 8 nafar shaxs ushlandi

Натижада 5 нафар аёл одам савдоси қурбонига айланишининг олди олинди.

Shimoliy Makedoniyada umummilliy motam e’lon qilindi

Сўнгги маълумотларга кўра, ҳодиса оқибатида 59 киши ҳалок бўлган, 155 киши жароҳат олган.

AQSh Harbiy-havo kuchlarining Yamanga zarbalari natijasida husiylarning bir necha yetakchilari yo‘q qilingan

Фарқ шундаки, биринчидан, биз ҳусийлар раҳбариятини таъқиб қиламиз, иккинчидан жавобгарликни Эрон зиммасига юклаймиз

Piskentda yuk mashinasi va Isuzu to‘qnashishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

ЙТҲ оқибатида юк машинаси ҳайдовчиси ва бир нафар йўловчиси олган тан жароҳатлари сабабли воқеа жойида вафот этган.

Erdo‘g‘an va Tramp o‘rtasidagi suhbat ortida nima bor?

Эрдўған Вашингтондан нима кутяпти? CAATSA санкциялари бекор қилинадими?

Ukraina hududlaridan voz kechadimi? AQSh rejasi oshkor bo‘ldi!

Москва рози бўлмаса, АҚШ ҳаракатга ўтади...

Diskotekada o‘nlab yoshlar yonib ketdi

Шимолий Македониядаги фожиа қурбонлари сони кескин ошди.

"95 kun ochiq okeanda – tirik qolishning o‘zi hayratlanarli!"

Тирик қолиш учун тошбақа еган. 95 кун океанда ёлғиз қолган балиқчи қандай тирик қолди?

Qimmatga tushgan qahva! Starbucks kuryerga 50 million dollar to‘laydi

Қаҳва шунча пулга тушиши мумкинми? Starbucks даҳшатли товонга маҳкум қилинди.

Zaporojyega dron yog‘di: Ukrainaga havodan bosim uyushtirildi!

Дронлар жанги... Россия Запорожье вилоятига бир суткада 438 зарба берди.

AQSh husiylarga qarshi urush boshladi

Трамп ҳаво ҳужумларини кузатмоқда....

Ofat tornadosi Amerikani titratdi: o‘nlab qurbonlar, yuz minglab odamlar elektrsiz!

Табиат ўз қаҳрини тўкди... АҚШда торнадо кўплаб инсонларни ҳаётдан олиб кетди!

Suriyada kuchli portlash sodir bo‘ldi

Бу ҳақда Сурия-ТВ телеканали хабар берди .

AQSh Adliya vazirligi tuxum yetishmasligi bo‘yicha tergov boshladi

АҚШ Адлия вазирлиги компаниялар нархларни ошириш мақсадида тухум етказиб беришни сунъий равишда чеклаб қўйган ёки йўқлигини аниқлаш учун текширув бошлади, деб хабар берди Gefluegelnews 14 март куни.

Belgradda hibsga olingan namoyishchi prezident qarorgohini portlatib yuborish bilan tahdid qildi

Бу ҳақда “ТАСС”ГА таяниб , “Репорт” республика Ички ишлар вазирлиги маълум қилди.

AQShda tornado va bo‘ronlar 16 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Бу ҳақда NBC News хабар берди.

AQSh va Buyuk Britaniyaning Yamandagi aviazarbalari natijasida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ал Маядеен телеканалига Соғлиқни сақлаш вазирлигининг ҳусийлар ҳукуматидаги вакили Анис ал-Асбахий маълум қилди

Isroilning G‘azodagi hujumlari qurbonlari soni 48 543 nafarga yetdi

Хабар қилинишича, сўнгги 48 соат ичида яна 19 нафар ҳалок бўлган ва 26 нафар ярадорнинг жасади эксклавдаги шифохоналарга етказилган.

Ukraina Kurskga hujum qilib katta xatoga yo‘l qo‘ydi

Европада Украина Қуролли Кучларининг Курскдаги ҳужуми ҳарбий хато деб баҳоланди.

Trampdan 3-jahon urushi haqida dahshatli ogohlantirish – bu urush "boshqacha" bo‘ladi!

Доналд Трамп 3-жаҳон уруши "бошқа урушлардан фарқ қиладиган уруш" бўлиши ҳақида огоҳлантириш берди.

Трампдан 3-жаҳон уруши ҳақида даҳшатли огоҳлантириш – бу уруш "бошқача" бўлади!

Доналд Трамп 3-жаҳон уруши "бошқа урушлардан фарқ қиладиган уруш" бўлиши ҳақида огоҳлантириш берди.

Ла-Манш бўғози орқали махфий нефт ташуви – Путин урушни қандай молиялаштирмоқда?

Ҳар куни 15 та махфий танкер Ла-Манш бўғозидан ўтяпти – бу кимга фойда?

Фаластинликлар шафқатсиз равишда ўққа тутилди

Исроил ҳужумлари Ғазо шимолида 5 кишининг жонига зомин бўлди, жанубий Рафаҳ эса ўққа тутилди. Бу қирғин тўхтайдими? АҚШнинг режаси амалга ошадими? Ғазо халқига адолат ўрнатиладими?

Сербиядаги намойишларда минглаб одамлар қатнашмоқда

Намойишчилар президент Вучич тарафдорлари ишлатган тракторларнинг ойналарини синдириб, шиналарини ҳавосини туширган.

Хитой геноцидни яширмоқда: Пекинда ғарблик журналистлар учун саҳналаштирилган томоша

Хитой пойтахтида хорижлик журналистлар иштирокида тадбир ташкил қилиб, Шарқий Туркистондаги зулмларини оқлашга уринди.

Трамп Путин билан суҳбатлашганини маълум қилди

АҚШ президенти Доналд Трамп 13 март куни Россия президенти Владимир Путин билан телефон орқали суҳбатлашганини маълум қилди.

Украина ўзининг ядро бомбаларидан воз кечмаганида нима бўларди?

Ядро қуроли – урушнинг олдини олармиди? Украинага берилган ваъдалар ва реаллик...

⚡ Зеленский Курск операцияси ҳақида: "Асосий мақсадга эришилди!"

Украина Президенти Курск операцияси туфайли Покровск ва Харков йўналишларидаги вазият барқарорлашганини, Россия учун эса Покровскка яна таҳдид солиш имкониятини топиш "жуда қийин бўлишини" таъкидлади.

“Бас, етар!” — Гренландия Трампга қаттиқ жавоб қайтарди

Трампнинг орзуси пучга чиқди (?)

Факт ёки пропаганда: Украина қўшинлари қуршовда қолдими?

Россия қуршови ҳақидаги маълумотлар ростми?

Денверда бортида 172 йўловчи бўлган American Airlines самолёти ёниб кетди

Денвер халқаро аэропорти ўз навбатида рейснинг барча йўловчилари эвакуация қилинганини, ҳеч ким жабрланмаганини маълум қилди.

NASA астронавтлари уйларига қайта олмаяпти

Яқинда АҚШ президенти Дональд Трамп Илон Маскга космонавтларни ватанга олиб келиш ҳақида кўрсатма берганини айтди.

Путин Украинани очиқча огоҳлантирди: “Ё таслим бўласиз, ёки ҳалок бўласиз!”

Россия президенти Владимир Путин Украина билан тинчлик келишуви ғояси "тўғри" эканлигини, аммо "муҳокама қилиниши лозим бўлган масалалар, шу жумладан АҚШ билан ҳам" мавжудлигини таъкидлади.

Россия АҚШга рад жавобини берди: Уруш тугамайди!

Россия АҚШ таклифини қабул қилмади. Украина бўйича келишув имконияти қолмадими?

Аргентина пойтахтида ҳукуматга қарши норозилик намойиши бўлиб ўтди

Норозилик акция Аргентина Миллий Конгресси биноси ёнида бўлиб ўтди ва унда тахминан икки минг киши иштирок этди.

Тошкент шаҳрида яроқлилик муддати ўтган катта миқдордаги маҳсулотлар аниқланди

Шунингдек, омборда кирим ҳужжатларига эга бўлмаган, қиймати 1 млрд. 187 млн. сўмлик, маҳаллий ва хориждан келтирилган 25.746 дона турли хил спиртли ичимликлар мавжудлиги ҳам аниқланди.

Қушбегидаги хонадонлардан бирида ёнғин чиқди

Шунга кўра, ёнғин-қутқарув экипажлари этилган манзилга соат 17:48 да етиб бориб, ёнғин соат 17:57 да ўчирилган.

Покистонда аксилтеррор операцияси якунланди

Покистон ҳарбийлари Балужистон вилоятида террорчиларга қарши амалиётлар якунланганини маълум қилди.

"Мен ҳатто ўт очишни тўхтатиш бўйича музокаралар муваффақиятсизликка учрайдиган вазиятни тасаввур қилишни ҳам истамайман" - Инсонпарвар

Ғазода геноцид хавфи: ёрдам блокадаси бекор қилинмаса, нима бўлади?

Европа Иттифоқидан Трампга шок жавоб: 28 миллиард долларлик тарифлар жорий этилди!

Европа АҚШни жазолашга қарор қилди – янги тарифлар нимани ўзгартиради?

Покистонда кеча гаровга олинган поезд йўловчиларининг 155 нафари озод қилинди — Reuters

АFP хабарига кўра, 450 киши гаровга олинган. Reuters маълумотига кўра, ҳужум пайтида поездда 425 нафар йўловчи бўлган.

Андижонда ҳам зилзила содир бўлди

Ер силкиниши Тошкент вақти билан 08:11 да рўй берган.

Тошкент вилоятида юк ташувчи машина ёниб кетди

Ёнғин ўчириш экипажи ёнғин жойига соат 18:50 да етиб бориб, соат 19:07 да тўлиқ ўчирилган.

Тошкентда вояга етмаган бола Mercedes-Benz'да икки пиёдани уриб кетди

Судга оид тиббий экспертизанинг хулосасига кўра, фуқаро Ш. Э.нинг ҳолати енгил жароҳат, фуқаро Ж.С.ники эса оғир жароҳат деб баҳоланган.

Манчестерда янги футбол аренаси қурилади

Англиянинг “Манчестер Юнайтед” клуби 100 000 ўринли янги стадион қуриш режасини эълон қилди.

Исроил армияси Ливанда Ҳизбуллоҳ ҳаво ҳужумидан мудофаа қўмондони ўлдирилганини маълум қилди

Бу ҳақда ИД матбуот котиби хабар берди.

Украина армияси улкан йўқотишлар билан, оёғи куйган товуқдек Курск вилоятини тарк этмоқда — Небензя

Россия қуролли кучлари 8 мартдан буён Курск вилоятидаги 19 та аҳоли пунктини озод қилди.

Андижонлик ота алимент ўрнига ўз “Дамас“ини берди

Андижон туманида фарзанди учун алимент тўлаши белгиланган қарздор ота алимент тўлови ўрнига ўз машинасини берди.

Рамазон Темировга UFC'даги ғалабаси учун яна уй совға қилинди

Аралаш якка кураш устаси Рамазон Темиров 2 март куни UFC Fight Night турнири доирасида Чарльз Жонсонга қарши жанг қилиб, очколар ҳисобига кўра ғалаба қозонган эди.

Полшада ўзбекистонликларнинг тана аъзоларини сотган аёл қўлга олинди

Полшада украиналик аёл 56 та инсон буйрагини сотгани учун қўлга олинди — қурбонлар орасида ўзбекистонликлар ҳам борлиги айтилмоқда.

Путин Украинага бажариб бўлмайдиган талаблар қўйди: У урушни атайлаб чўзмоқда! Кремль эса барчасини рад этяпти!

Путин урушни тўхтатиш бўйича музокаралар арафасида атайлаб "максималистик" талабларни илгари сурган. Унинг ўзи бу талаблар украиналиклар ва европаликлар учун қабул қилинмас бўлиши мумкинлигини билади.

Очиқ геноцид: Инсонпарварлик ёрдами қуролга айланмоқда

UNRWA раҳбари Ғазода "очликнинг кучайиши" хавфи ҳақида огоҳлантирди.

Москва АҚШга ишонмайди: Яхшиликка умид, ёмонликка тайёргарлик

Москва АҚШ билан муносабатларда "ортиқча оптимизм"дан огоҳлантиряпти.

Украинада тинчлик учун уч шарт эълон қилинди

Украина тинчлик учун шарт қўйди – Европа ва АҚШ қандай жавоб беради?

Покистонда жангарилар поездни гаровга олди

Ушбу ҳужум учун жавобгарликни “Балужистон озод армияси” ўз зиммасига олган.

Мексикада автобуслар автоҳалокати натижасида 25 киши ҳалок бўлди

Ушбу ЙТҲ оқибатида 11 киши вафот этди, яна 12 фуқаро шошилинч равишда касалхонага ётқизилди.

Чирчиқда собиқ «Чирчиқстрой» меҳмонхонаси бузилмоқда

Мазкур объект ўрнида Хитойнинг етакчи олий ўқув юртларидан бирининг филиали қурилади.

Озода Нурсаидованинг клипини суратга олишда актриса қизни автомобил босиб кетди

Маълум бўлишича, ушбу ҳодиса бўйича иш судга оширилган, лекин ҳали суд жараёни бошланмаган. Сабрина терговчи унга иш материалларини тақдим қилмаганини айтган.

«Навоийазот»даги портлашда 1 киши ҳалок бўлди, 11 киши жароҳатланди

Ёнғин-қутқарув экипажлари томонидан ёнғин соат 14:20 да қуршаб олиниб, 14:50 да батамом ўчирилди.

“Навоийазот” АЖ ҳудудида портлаш юз берди

Ҳодиса жойига 10 та ёнғин-қутқарув экипажи етиб бориб, ёнғинни бартараф этиш ишлари олиб борилди

Катталарга – суперкар, болаларга – супер аравача!" Lamborghini'дан хайп маҳсулот!

5500 долларлик аравача атиги 500 дона чиқади.

Савдо уруши қизимоқда: АҚШ билан савдо урушида Хитойнинг "кучли ва арзон воситаси" нима эканлиги очиқланди

Хитой божлар билан жавоб қайтарди. АҚШ фермерлари катта зарар кўрадими?

Америкага бўйсуниш ҳалокатга олиб келади!: Ҳизбуллоҳ Ливан ҳукуматига кўрсатма бермоқда

Ҳизбуллоҳ Эрон учун курашаяптими? Байрут аэропортидаги можаро ортда нима бор?

Европада Россияга қарши янги "Антанта" тузилмоқда! Таърих такрорланяптими?

Европа Россияга қарши катта ҳарбий ҳамкорликка тайёрланяпти (?) Янги блок ҳақида нималар маълум?

Исроил Ғазони электрдан узди

Исроил энергетика вазири Эли Коэн Ғазо секторига электр узатишни зудлик билан тўхтатишга буйруқ берди, дейилади РИА Новости хабарида.

АҚШ 15 йил ичида биринчи марта одамни отишма йўли билан қатл қилди

Жанубий Каролинада собиқ севгилисининг ота-онасини бейсбол таёқчаси билан ўлдирганликда айбланган америкалик Бред Сигмон отиб ўлдирилди. Қўшма Штатлар 2010 йилдан бери биринчи марта қатл қилишнинг бундай туридан фойдаланмоқда.

Ватикан Рим папасининг аҳволи яхшиланганини эълон қилди

Бу ҳақда Муқаддас Тахт матбуот хизмати баёнотида айтилган.

Полицияга 4250 марта қўнғироқ қилган япониялик ҳибсга олинди

Япониянинг Абиго шаҳрида яшовчи Юки Симидзу қўшнилари устидан шикоят қилиб, полицияни бир неча минг марта безовта қилгани учун ҳибсга олинди, деб хабар берди Japan Today.

Хитой 2026 йилда учар автомобиллар чиқаради

Хитойнинг XPeng Motors автомобилсозлик компанияси 2026 йилдан бошлаб учувчи транспорт воситаларини ишлаб чиқармоқчи.

Ғазо бўғилмоқда: Ёқилғисиз шифохоналар ва очлик ёқасидаги аҳоли!

Исроилнинг блокадаси Ғазодаги азоб-уқубатларни чуқурлаштирмоқда.

НАТОга дарз кетди: АҚШ Европа ҳарбий машғулотларидан чекинишга қарор қилди!

АҚШ NATO'даги иттифоқчиларини Европада бўлажак ҳарбий машғулотларни режалаштиришда иштирок этишни тўхтатиш нияти ҳақида хабардор қилди.

Латакиядаги тўқнашувларда 50 дан ортиқ Сурия хавфсизлик кучлари ҳалок бўлди

Бу ҳақда “ТАСС”ГА таяниб, “Ал Жазеэра” телеканалига минтақавий хавфсизлик раҳбари маълум қилди.

Крокусдаги теракт ташкилотчиларидан бири АҚШ қамоғида

Муҳаммад Шарифуллоҳ исмли террорчи АҚШ махсус хизматлари сўровига биноан Покистонда ҳибсга олинган. У АҚШ қўшинлари Афғонистонни тарк этиш вақтида Кобул аэропортида теракт уюштиришда гумон қилинмоқда.

АҚШ президенти Трамп Саудия Арабистони билан йирик сармоявий келишувни эълон қилди

АҚШ президенти Доналд Трамп Саудия Арабистони билан келаси тўрт йил ичида Америка компанияларига 1 триллион доллар сармоя киритиш бўйича келишувга эришганини айтди.

Трамп илк хорижий ташрифни қайси давлатга амалга оширишини айтди

АҚШ президенти Дональд Трамп илк хорижий ташрифини Саудия Арабистонига амалга оширади. Бу қарорини у Саудия томони АҚШ компаниялари билан бир триллион долларлик битимга тайёр экани билан изоҳлаган.

Трамп Россия бўйича кескин баёнот эълон қилди

АҚШ президенти Доналд Трамп Россияга йирик санкциялар ва божхона тўловлари билан таҳдид қилди.

Парижда бомба сабаб поездлар қатнови тўхтаб қолди

Париждаги Гаре ду Норд трассаси Иккинчи жаҳон урушидаги бомба топилганидан кейин ёпилди.

Украина уруши харитаси Россиянинг уч фронтда чекинаётганини кўрсатмоқда

Украина ютуқлари ҳақидаги хабарлар шуни кўрсатадики, Киев кучлари АҚШнинг Россияга қарши курашни қўллаб-қувватлаши сусайиши тўғрисидаги мунозараларнинг жанг майдонига тезкор таъсир кўрсатишига йўл қўймаган.

Эрдоған: Биз 40 йиллик террор балосидан халос бўлишга жуда яқинмиз

Бу ҳақда Туркия президенти Ражаб Тоййиб Эрдўғон Бештепедаги Миллий кўргазмалар залида қилган чиқишида айтди.

Латакияда комендантлик соати эълон қилинди

Сурия хавфсизлик кучлари ва собиқ президент Башар ал-Ассад тарафдорлари ўртасидаги тўқнашувлар фонида Латакия вилояти Ички хавфсизлик бошқармаси жума куни маҳаллий вақт билан соат 10:00 га қадар комендантлик соати жорий қилди.