Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Abduqahhor Mullajonov Navoiy viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.
A.Mullajonov tayinlovga qadar Toshkent viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Abduqahhor Mullajonov 1976 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2002 yilda Toshkent davlat yuridik institutini (hozirda yuridik universitet) tamomlagan.
Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2002 yilda Mirzo Ulug‘bek tumani prokuraturasida boshlab, Toshkent shahar prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2004 yildan Toshkent shahar prokuraturasi bo‘lim katta tergovchisi, keyinroq Sergeli tuman prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2017–2018 yillarda Bektemir tumani prokurori lavozimida ishlagan.
U 2018 yil iyulida Bosh prokuraturasi voyaga yetmaganlar haqidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan, 2021 yil apreli Sirdaryo viloyati prokurori lavozimiga tayinlangan. 2023 yilning sentyabr oyidan beri Toshkent viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Мутахассиснинг таъкидлашича, сўнгги пайтларда ўзбекистонликлар учун Россия бозорининг жозибадорлиги пасайган, чунки уларнинг ўз ватанида иқтисодиёт ва қурилиш соҳаси жадал ривожланмоқда.
АҚШ Адлия вазирлиги компаниялар нархларни ошириш мақсадида тухум етказиб беришни сунъий равишда чеклаб қўйган ёки йўқлигини аниқлаш учун текширув бошлади, деб хабар берди Gefluegelnews 14 март куни.
Украина Президенти Курск операцияси туфайли Покровск ва Харков йўналишларидаги вазият барқарорлашганини, Россия учун эса Покровскка яна таҳдид солиш имкониятини топиш "жуда қийин бўлишини" таъкидлади.
Россия президенти Владимир Путин Украина билан тинчлик келишуви ғояси "тўғри" эканлигини, аммо "муҳокама қилиниши лозим бўлган масалалар, шу жумладан АҚШ билан ҳам" мавжудлигини таъкидлади.