MDH davlatlari ichida eng qimmat go‘sht narxi O‘zbekistonda ekani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston mol go‘shti narxi bo‘yicha dunyoda 127 ta davlat orasida 91-o‘rinni egalladi.
Numbeo xalqaro servisi ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 7 mart holatida O‘zbekistonda bir kilogramm mol go‘shtining narxi 8,1 AQSh dollarini tashkil etadi. Qo‘shni mamlakatlarda ham narxlar shunga yaqin. Qozog‘iston, Rossiya, Qirg‘iziston va Tojikistonda mol go‘shti 7 AQSh dollaridan sal oshiqroq turadi.
Shveysariya, Islandiya, Janubiy Koreya, Norvegiya va Lyuksemburg mol go‘shti eng qimmat mamlakatlarning top-5 taligidan o‘rin olgan. Ro‘yxatda yetakchilik qilayotgan Shveysariyada bir kilogramm go‘sht narxi 44,3 AQSh dollarini tashkil etadi. Shuningdek, Islandiyada — 38,7, Janubiy Koreyada — 28, Norvegiyada — 26,8, Lyuksemburgda esa — 23,9 AQSh dollarini tashkil etgan. (https://t.me/rost_24uz)
Eng arzon go‘sht Keniya (4,97), Gana (4,78), Nigeriya (4,50), Uganda (12) va Pokistonda (4,04) sotilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda go‘sht mahsulotlari bir yil ichida 14,4 foizga qimmatlashdi. Ushbu tovarning iste’mol narxlari indeksi joriy yilning fevral oyida Statistika agentligi mutaxassislari tomonidan qayd etilgan. Biroq go‘sht turlari kesimida vaziyat turlicha: suyakli mol go‘shti 2024 yil fevraliga nisbatan 18,5 foizga, qo‘y go‘shti 19,4 foizga qimmatlashgan. Parranda go‘shti esa 0,8 foizga arzonlashgan.