Shimoliy Makedoniyada yetti kunlik motam e’lon qilindi

Shimoliy Makedoniya hukumati diskotekadagi yong‘inda halok bo‘lganlar uchun yetti kunlik motam e’lon qildi va shunga o‘xshash muassasalarni navbatdan tashqari tekshiruvdan o‘tkazishni buyurdi. Bu haqda "RIA Novosti" yozmoqda.
Bu haqda Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati xabar berdi.
"Hukumatning bugungi navbatdan tashqari yig‘ilishida 59 nafar yoshlar halok bo‘lgan, 100 dan ortiq yoshlar kasalxonaga yotqizilib, tibbiy yordam ko‘rsatilayotgan fojiali voqealar munosabati bilan butun mamlakat bo‘ylab yetti kunlik motam e’lon qilishga qaror qildi.
17 mart, dushanba kuni Respublika Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalarda hamdardlik kitoblari ochiladi.
Shuningdek, Davlat savdo inspeksiyasiga yaqin uch kun muddatda xizmat ko‘rsatish sohasi ob’ektlari – kabarelar, tungi klublar, diskotekalar va ochiq osmon ostidagi diskotekalar faoliyatini rejadan tashqari tekshirish topshirilganligi aytildi.