BMT AQShning Yamanga bergan zarbalaridan xavotirda

Birlashgan Millatlar Tashkiloti AQShning "Ansor Alloh" (husiylar) harakati nazoratidagi Yaman hududiga bergan zarbalaridan xavotirda va barcha tomonlarni harbiy faoliyatni to‘xtatishga chaqiradi.
Bu haqda BMT bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrikning jurnalistlarga tarqatgan bayonotida aytiladi.
"Qo‘shma Shtatlarning Yamanning hutiylar nazorati ostidagi hududlariga o‘lim va qurbonlarga olib kelgan bir necha marotaba zarba berishini tashvish bilan qayd etamiz. Shuningdek, hutiylarning Qizil dengizdagi kemalarga hujumlarni davom ettirish haqidagi tahdidlaridan xavotirdamiz", - deyiladi bayonotda.
Jahon tashkiloti, shuningdek, "har qanday keyingi keskinlashuv mintaqaviy taranglikni kuchaytirishi, Yaman va Yaqin Sharq mintaqasini yanada beqarorlashtirishi va mamlakatdagi allaqachon og‘ir gumanitar vaziyatga jiddiy tahdid solishi mumkin bo‘lgan javob harakatlarining yangi bosqichlarini keltirib chiqarishi mumkinligini" ta’kidladi.