AQSh Ukrainada qisqa muddatli o‘t ochishni to‘xtatishni talab qilmoqda, chunki...

AQSh Ukrainada qisqa muddatli o‘t ochishni to‘xtatishni talab qilmoqda, chunki harbiy harakatlar davom etishi muzokaralar jarayoniga to‘sqinlik qiladi, deya fikr bildirdi Marko Rubio
AQSh Davlat departamenti rahbari bu haqda CBC telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
"Bu juda uzun frontda olib borilayotgan uch yillik murakkab urush, juda ko‘p qiyinchiliklar bor. Hech kim buni oson bo‘ladi demayapti, biroq men hamma reja qanday ekanligini tushunishini xohlayman. A reja asosida otishmani to‘xtatib, B rejasiga o‘tishimiz kerak. Buning uchun barcha muzokara stoliga o‘tirishi shart. Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralar bevosita bo‘lishi shart emas. Ular bir-biriga qarata o‘q uzayotgan paytda urushni batamom tugatish to‘g‘risida kelishib olish qiyin va shuning uchun ham prezident Tramp otashkesimni xohlaydi", — deya aniqlik kiritdi Davlat departamenti rahbari.
Rubioning so‘zlariga ko‘ra, G7 davlatlari tashqi ishlar vazirlari Kanadada uchrashib, agar Rossiya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishdan bosh tortsa, unga qarshi qo‘shimcha sanksiyalar qo‘llash imkoniyatini muhokama qilgan.