Vatikan Rim papasining kasalxonaga yotqizilganidan keyingi ilk suratini e’lon qildi

Rim papasining Rimdagi Gemelli kasalxonasi ibodatxonasidagi mehrob oldidagi ko‘chma kresloda o‘tirgan fotosi e’lon qilindi, u yerda pnevmoniyadan davolanmoqda, deb yozadi VVS.
Vatikan Rim papasi Fransisk bir oydan ko‘proq vaqt oldin Rimdagi kasalxonaga tushganidan beri uning birinchi suratini e’lon qildi.
Juma kuni ertaroq, papa Anjelusga yozma xabar tarqatib, u "sinov davrini" boshdan kechirayotganini tan oldi, yaxshi tilaklar uchun minnatdorchilik bildirdi va "urushdan vayron bo‘lgan Ukraina, Falastin, Isroil, Livan, Myanma, Sudan va Kongo Demokratik Respublikasida" tinchlik bo‘lishini so‘radi.
Ketma-ket beshinchi marta Rim papasi yakshanba kungi ibodatda shaxsan ishtirok eta olmadi. Vatikan avvalroq rentgen nurlari uning ahvoli "asta-sekin yaxshilanishini" ko‘rsatganini aytdi, ammo u hali ham kasalxonada davolanishga muhtoj.
Rim papasi Fransisk 88 yoshda. U 14 fevraldan beri omma oldiga chiqmagan; Shu vaqt ichida bugungi kungacha uning fotosuratlari ham yo‘q edi.
Unda pnevmoniya va boshqa infeksiyalar borligi aytilgan.