Tramp Putin bilan seshanba kuni gaplashadi

AQSh prezidenti Donald Tramp seshanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan gaplashishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi, deya xabar beradi CNBC.
- Seshanba kuni men prezident Putin bilan gaplashaman. Dam olish kunlarida juda ko‘p ish qilindi, — dedi Tramp Floridadan Vashingtonga qaytayotgan Air Force One bortida jurnalistlarga.
Tramp Ukraina o‘tgan hafta qabul qilgan 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish taklifini Putinning qo‘llab-quvvatlashini ta’minlashga harakat qilmoqda.
- Biz bu urushni tugatishimiz mumkinligini ko‘rmoqchimiz. Balki qila olamiz, balki qila olmaymiz, lekin menimcha, bizda juda yaxshi imkoniyat bor, — dedi Tramp.
AQSh prezidenti rossiyalik hamkasbi bilan yer, elektr stansiyalari va boshqa masalalarda gaplashishini aytdi.