Yangi o‘quv yilida 3-, 6-, 7-, 11-sinflarning barcha darsliklari yangilanadi

A A A
Yangi o‘quv yilida 3-, 6-, 7-, 11-sinflarning barcha darsliklari yangilanadi

Yangi o‘quv yilidan 1-11-sinflarda ingliz tili hamda 5-11 sinflarda Informatika fani Kembrij darsliklari va metodikasi bo‘yicha o‘qitiladi.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Respublika ta’lim markazi axborot xizmati rahbari Mohira Nurullayeva ma’lum qildi.

Shuningdek, milliy sinflar uchun 2-11 sinf rus tili darsliklari hamda o‘qituvchi kitobi, mashq daftarlari, jami 20 nomdagi adabiyotning original maket loyihasi Gersen Rossiya davlat pedagogika universiteti bilan tayyorlandi.

Joriy yilda darsliklarni yaratishga 605 milliard so‘m ajratilgan bo‘lib, ushbu mablag‘lar yangi o‘quv yilida 3-, 6-, 7-, 11-sinflarda barcha darsliklarni yangilashga, jami 422 nomda o‘quv adabiyotni tayyorlashga safarbar qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!