Yaponiya bosh vaziri Fransiya, Paragvay va Braziliyaga tashrif buyuradi

Yaponiya bosh vaziri Fransiya, Paragvay va Braziliyaga tashrif buyuradi

Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida 1-6 may kunlari Fransiya, Paragvay va Braziliyaga tashrif buyuradi.

Bu haqda Vazirlar Mahkamasi bosh kotibi Yoshimasa Xayashi ma’lum qildi.

«Bosh vazir Kisida 1-6 may kunlari Fransiya, Paragvay va Braziliyaga tashrif buyuradi. Bu yil Yaponiya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga (IHTT) a’zo bo‘lganiga 60 yil to‘ldi. Fransiyada Bosh vazir Kisida IHTT vazirlari yig‘ilishida ishtirok etadi. Bundan tashqari, [Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan] oliy darajadagi uchrashuv rejalashtirilgan, unda ikki tomonlama munosabatlar va xalqaro masalalar muhokama qilinadi».

Shundan so‘ng Kisida Paragvay va Braziliyaga yo‘l oladi. Bu uning 2021 yilda bosh vazir bo‘lganidan keyin ushbu mamlakatlarga birinchi tashrifi bo‘ladi. Braziliyada Yaponiya hukumati rahbari G20 doirasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilmoqchi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!