Misr prezidenti Turkiyaga safar qiladi

Misr prezidenti Turkiyaga safar qiladi

Misr Prezidenti Abdel Fattoh as-Sisi kelasi hafta Turkiyaga tashrif buyuradi. Bu haqda Ash-Sharq telekanali Turkiya yetakchisi ma’muriyatidagi manbaga tayanib xabar berdi.

Misr davlat rahbarining Turkiyaga tashrifi dasturi haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

2024 yil fevral oyida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Qohira va Anqara o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish doirasida 12 yil ichida ilk bor Misrga tashrif buyurdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!