Shimoliy Koreya yangi mudofaa zavodida ishlab chiqarilgan RYAS'ni sinovdan o‘tkazdi

Shimoliy Koreya yangi mudofaa zavodida ishlab chiqarilgan RYAS'ni sinovdan o‘tkazdi

25 aprel kuni Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) mudofaa sanoatining yangi ob’ektida ishlab chiqarilgan 240 millimetrli raketa uchirish tizimlarini (RYAS) sinovdan o‘tkazdi.

Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, sinovlar davomida raketalarning parvoz xususiyatlari, aniqligi va boshqa parametrlari baholangan.

Tadbirda Kim Chen In ham ishtirok etgan. Uning ta’kidlashicha, yangi texnologiyalarni o‘z ichiga olgan 240 millimetrli RYAS Koreya xalq armiyasining «artilleriya qurolli kuchlarini mustahkamlashda strategik o‘zgarishlarga hissa qo‘shadi».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!